Dunyo

«Biz yutqazdik»: Vuçiç parlament saylovidagi mağlubiyatni tan oldi

Serbiyaning sobiq prezidenti Aleksandar Vuçiç 25-oktabrda ötkazilgan navbatdan taşqari parlament saylovida öz partiyasi mağlub bölganini tan oldi. Uning dastlabki bahosiga köra, muxolifatdagi «Talabalar röyxati» parlamentda 135–140 ta, Serbiya taraqqiyot partiyasi esa 105 ta örin olişi mumkin. Yakuniy natijalar hali eʼlon qilinmagan.

«Biz yutqazdik»: Vuçiç parlament saylovidagi mag‘lubiyatni tan oldi

DW xabariga ko‘ra, Vuçiç Belgraddagi Serbiya taraqqiyot partiyasi qarorgohida tarafdorlari oldida chiqib, ovoz berish natijalari haqida so‘zlagan.

«Hozircha yakuniy natijalar yo‘q, ammo... bu saylovda yutqazganimiz aniq. “Talabalar ro‘yxati” g‘alaba qozondi: ular 135 tadan 140 tagacha o‘rin oladi, bizda esa 105 ta bo‘ladi. Boshqa hech kim parlamentga o‘tmadi», - degan u.

Serbiya Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotiga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da - saylov uchastkalari yopilishiga ikki soat qolganida - saylovchilar ishtiroki 64,9 foizni tashkil etgan. Xabarda bu 1992-yilda Yugoslaviya parchalanishidan buyon rekord ko‘rsatkich ekani qayd etilgan.

Serbiyaning Danas gazetasi yozishicha, Vuçiç mag‘lubiyatini tan olgach, odamlar «Talabalar ro‘yxati» g‘alabasini nishonlash uchun Belgrad ko‘chalariga chiqqan.

Saylov byulletenlariga jami 18 ta ro‘yxat kiritilgan. Biroq asosiy raqobat Vuçiçning Serbiya taraqqiyot partiyasi va «Talabalar g‘alaba qozonadi» ro‘yxati o‘rtasida kechgan.

Talabalar harakati 2024-yil noyabrda Novi-Sad shahridagi temiryo‘l vokzali tomi qulab, 16 kishi halok bo‘lganidan keyin boshlangan norozilik namoyishlari fonida shakllangan. Hukumat tanqidchilari fojiani korrupsiya va beparvolik bilan bog‘lagan.

Vuçiç sentabr oxirida prezidentlik lavozimidan ketgan edi. U partiyasi parlament saylovida g‘alaba qozonsa, hukumatga rahbarlik qilishni rejalashtirgan.

Uning ikkinchi prezidentlik muddati 2027-yil mayida tugashi kerak edi. Vuçiç uchinchi muddatga nomzodini qo‘ya olmasdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.