Bitta noutbuk orqali 6,3 mlrd dollar: Binance tarixdagi eng yirik kripto öğrilikka duçor böldi
Hakerlarga 20 daqiqa va bitta noutbuk yetarli böldi. Şu vaqt içida ular dunyodagi eng yirik kriptobirja – Binance’dan 6,3 mlrd dollarlik aktivning katta qismini olib çiqib ketdi. Blokçeyn tahlilçilariga köra, kripto tarixidagi eng katta öğrilik ortida Şimoliy Koreya hakerlari turibdi.

**Bitta noutbuk orqali 6,3 mlrd dollar: Binance tarixdagi eng yirik kripto o‘g‘rilikka duch keldi**
Hujum oldindan puxta rejalashtirilgan va nihoyatda tez amalga oshirilgan. Amerikaning TRM Labs blokcheyn tahlil kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, xakerlar 29-oktabr kuni Binance’ning 10 ta blokcheyndagi hamyonlariga hujum qilgan. Toshkent vaqti bilan bu 30-oktabrga o‘tar kechasi sodir etilgan. Mablag‘ning katta qismi taxminan 20 daqiqada olib chiqilgan.
Binance’ning dastlabki tekshiruviga ko‘ra, barchasi bir muhandisning xakerlar kirib olgan noutbukidan boshlangan bo‘lishi mumkin. Xaker shu kompyuter orqali birjaning ichki tizimiga kirib, ruxsatsiz pul yechish buyruqlarini yuborgan.
Hujum qanday uyushtirilgani borasida turli taxminlar mavjud. Xususan, TRM’ga ko‘ra, xakerlar Binance hamyonlariga mablag‘ni o‘zlari boshqaradigan hamyonlarga o‘tkazish buyrug‘ini bera olgan. 2025-yilda Bybit’dan ham pul xuddi shu usulda o‘g‘irlangandi.
Tokiodagi Mt Gox birjasining sobiq rahbari Mark Karpeles xakerlar Binance’ning kamida ikki hamyoni maxfiy kalitlarini qo‘lga kiritgan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Binance esa kalitlar haqidagi ma’lumot sizib chiqqaniga dalil topilmaganini ma’lum qilgan.
Binance hujumi kripto sohasidagi o‘g‘riliklar zanjirining davomi bo‘ldi. TRM ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda 150 ga yaqin hujumda jami 2,9 mlrd dollarlik kriptovalyuta o‘g‘irlangan. 2026-yil sentabrda esa Bitget birjasi o‘z platformasidan qariyb 350 mln dollar o‘g‘irlanganini ma’lum qilgandi.
**Zarar qancha va kimga tegadi?**
Yo‘qotilgan pulning bir qismini qaytarish imkoni bor. Binance hamkorlari bilan birga 3 mlrd dollarga yaqin aktivni muzlatdi. Jumladan, steyblkoin chiqaruvchi Tether va Circle kompaniyalari 2,3 mlrd dollardan ortiq mablag‘ni blokladi. Ripple kompaniyasi qariyb 200 mln dollarni, AQSh prezidenti Donald Tramp oilasi bilan bog‘liq World Liberty Financial esa 29 mln dollarga yaqin aktivni muzlatdi. TRM’ga ko‘ra, xakerlar qo‘lida muzlatib bo‘lmaydigan 2,4 mlrd dollarlik bitkoin va Ethereum qolgan.
Hujum birja mijozlariga ham ta’sir qildi. Binance’da 335 mln foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Birja pul yechishni to‘xtatdi va uni 48 soat ichida tiklashni kutmoqda. Binance hammuassisi va bosh direktorlaridan biri Yi He kompaniya «xakerlikdan ko‘rilgan barcha zarar»ni qoplashini aytdi. Buning uchun mijozlarni himoya qilish fondi va kompaniyaning o‘z mablag‘idan foydalaniladi. Ammo bu fondda atigi 1 mlrd dollarlik bitkoin bor, o‘g‘irlangan summa esa undan olti baravardan ko‘p.

