Binance tranzaktsiyalarni qayta yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda
Binance kriptobirjasi yaqin orada mablagʻlarni yechib olishni qayta tiklashni rejalashtirmoqda

Binance yaqin orada tranzaktsiyalarni amalga oshirishni qayta tiklash niyatida. Kriptobirja matbuot xizmatining xabar berishicha, agar xavfsizlik boʻyicha sinovlar muvaffaqiyatli yakunlansa, mablagʻlarni yechib olish keyingi sutka ichidayoq qayta yoʻlga qoʻyilishi mumkin.
Hakerlik hujumidan soʻng platformada texnik ishlar olib borildi, mablagʻlarni yechib olish esa vaqtincha toʻxtatildi.
Juma kuni dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasi keng koʻlamli hakerlik hujumiga uchradi. Uning hamyonlaridan 6 mlrd 300 mln dollarlik raqamli aktivlar olib chiqib ketildi. Kompaniyaga 3 mlrd dollarga yaqin mablagʻni muzlatib qoʻyish muvaffaq boʻldi. Oʻgʻirlangan aktivlarning qolgan qismi hozircha qaytarilgani yoʻq. Bu raqamli valyutaning butun tarixdagi eng yirik oʻgʻirlanishidir.
Platformani buzib kirishning aniq usuli hozircha aniqlanmagan. Binance hakerlik hujumi paytida oʻgʻirlangan summaning 90 foizini allaqachon qoplab berganini maʼlum qildi.

