Belgiya va Şvetsiyada hakerlar yana supermarketlardagi muzlatgiçlarni buzib kirdi
Yevropaning bir qator davlatlaridagi supermarketlar tarmoqlari hakerlik hujumlariga uçradi. Kiberhujumlar oqibatida dökonlardagi sovitiş uskunalari isitiş rejimiga ötib, oziq-ovqat mahsulotlari aynigan.

Belgiya va Shvetsiyada xakerlar yana supermarket muzlatkichlariga hujum qildi
Yevropadagi supermarketlar tarmoqlari yangi xakerlik hujumlari haqida xabar berdi. Hujumlar natijasida sovitish uskunalari muzdan xalos bo‘lish rejimiga o‘tib ketgan.
Ahold Delhaize va Colruyt tarmoqlari rahbariyati 2-noyabr kuni ushbu hujum Belgiya va Lyuksemburgdagi bir necha o‘nlab do‘konga ta’sir ko‘rsatganini ma’lum qildi. Ahold Delhaize tarmog‘idagi sovitish uskunalari uchun mas’ul bo‘lgan Sabcobel kompaniyasi Belgiyaning Belga axborot agentligiga gap xakerlik hujumi haqida ketayotganini bildirgan. Colruyt (Belgiyadagi Spar do‘konlari operatori) esa beshta do‘konda sovitish uskunalari ishdan chiqqaniga aniqlik kiritgan.
Yle nashrining yozishicha, Shvetsiyaning ICA supermarketlar tarmog‘i ham muzlatkichlar ishida nosozliklar haqida xabar bergan. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, muzlatkichlar 50°C haroratli muzdan xalos bo‘lish rejimiga o‘tib ketgan va buning oqibatida ko‘plab mahsulotlar aynib qolgan. Aftonbladet gazetasining xabar berishicha, shunga o‘xshash muammo Shvetsiyaning markaziy qismidagi Coop Group’ga qarashli oltita do‘konda ham kuzatilgan.
Reuters agentligining xabar berishicha, Estoniyadagi supermarketlar tarmoqlaridan biri ham shunday muammoga duch kelgan. Tarmoq nomi va boshqa tafsilotlar oshkor etilmayapti.
Yevropa davlatlarining huquq-tartibot idoralari xakerlik hujumi ortida kim turganini hozircha ma’lum qilmadi.
Oktabr oyida xakerlar Fransiyadagi turli tarmoqlarga qarashli bir necha yuzlab supermarketlarning sovitish uskunalari ishiga noqonuniy aralashgan edi. Shunda ham yovuz niyatli kimsalar muzlatkichlarni 50°C haroratli isitish rejimiga o‘tkazib qo‘ygan. Shuningdek, Niderlandiyada ham o‘z supermarketlariga ega bo‘lgan Ahold Delhaize tarmog‘i o‘z ilovasi ishida uzilishlar yuz berganini ma’lum qilgandi.

