Belgiya va Shvetsiyadagi supermarket muzlatgichlari kiberhujum gumoniga uchradi
Shvetsiyadagi doʻkonlardan birining maʼlum qilishicha, undagi muzlatgichlar harorati 50 C (122F) ga sozlangan boʻlgan.

Belgiya va Shvetsiyadagi supermarket muzlatgichlari ehtimoliy kiberhujumga uchradi
Belgiya va Shvetsiyadagi oʻnlab supermarketlar muzlatgich va sovutgichlarini nishonga olgan ehtimoliy kiberhujumdan aziyat chekdi.
Belgiyada 40 ga yaqin Delhaize supermarketi va 15 ta Carrefour doʻkoni zarar koʻrgan boʻlsa, Shvetsiyadagi bir nechta ICA va Coop doʻkonlariga ham taʼsir yetdi. Irlandiyadagi 13 ta SuperValu doʻkoni ham shu kabi muammoga duch keldi.
Mahalliy OAV xabarlariga koʻra, minglab yevrolik oziq-ovqat mahsulotlarini tashlab yuborishga majbur boʻlingan. Shvetsiyadagi ICA doʻkonlaridan biri uning muzlatgichlaridagi harorat 50 C (122F) ga sozlab qoʻyilganini maʼlum qildi.
Hujum uchun kim javobgar ekani hozircha nomaʼlum. Ushbu hodisa oʻtgan oyda Frantsiyadagi yuzlab supermarketlarga taʼsir koʻrsatgan shu kabi voqeadan soʻng sodir boʻldi.
Belgiyaning eng yirik supermarketlar tarmoqlaridan biri boʻlmish Delhaize mahalliy OAVga 40 ta doʻkonda tunda "kompyuter hodisasi" yuz berganini aytdi.
Frantsiyaga tegishli Carrefour supermarketlar guruhi Belgiyadagi 15 ta doʻkonida yuz bergan hodisani "hozirda tahlil qilayotganini" maʼlum qildi.
Shvetsiyadagi ICA vakilining aytishicha, ushbu hodisa "ICA markaziy tarmogʻidan tashqarida faoliyat yuritadigan kam sonli ICA doʻkonlariga" taʼsir qilgan.
"ICA hozirda jabrlangan doʻkonlarga vaziyatni bartaraf etishda yordam bermoqda", dedi ular.
Shvetsiya janubidagi Shyobu shahrida joylashgan IVA filiallaridan biri ijtimoiy tarmoqlarda shunday deb yozdi: "Sovutgich va muzlatgichlarimiz tunda buzib kirilgan va ular haroratni 50 darajaga sozlab qoʻyishgan."
Doʻkon avvalroq yopilgan edi, ammo keyinchalik xaridorlar uchun qayta ochildi.
Shvetsiyadagi 800 ta Coop doʻkonidan yettitasi ham zarar koʻrgan, ammo "vaziyat hozirda jilovlangan va nazorat ostida", deb maʼlum qildi kompaniya BBC ga.

