Siyosat

Bashar Asad o‘lim jazosiga hukm etildi

U 2024-dekabrda hokimiyatdan ag‘darilgandi.

Bashar Asadga o‘lim jazosi tayinlandi

Suriya sudi mamlakatning sobiq prezidenti Bashar Asadni o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda SANA agentligi xabar berdi.

Asad 2024-yil dekabrida hokimiyatdan ag‘darilganidan so‘ng Rossiyaga qochib ketgan va u yerdan siyosiy boshpana olgan edi. O‘shandan buyon u ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik e’tiboridan chetda qolib kelmoqda.

Hozircha hukmga oid boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bashar Asad oilasi bilan Moskvadagi hashamatli uyda yashaydi. Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Suriyaning amaldagi rahbari Ahmad ash-Sharaa bir necha bor uchrashuvlar o‘tkazgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.