“Barselona” 5 nafar futbolchisini sotuvga qo‘ydi — OAV

“Barselona” besh futbolchisini sotishga tayyorlanmoqda – OAV
Kataloniyaning “Barselona” futbol klubi yozgi transfer oynasi yakuniga qadar besh nafar futbolchisi bilan xayrlashish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Vesti.kz jurnalist Xose Alvaresga tayanib xabar berdi.
Jamoani tark etishi kutilayotgan futbolchilar ro‘yxatida Frenki de Yong, Mark Kasado, Ektor Fort, Alexandro Balde va Jyul Kunde bor. Ma’lum qilinishicha, bu futbolchilarning barchasiga boshqa klublardan takliflar mavjud.
Xususan, niderlandiyalik yarimhimoyachi Frenki de Yongga “Manchester Siti” qiziqish bildirgan edi, ammo uning jarohati ingliz klubining rejalarini o‘zgartirib yubordi. Mark Kasadoning Saudiya Arabistoniga o‘tish ehtimoli bor, himoyachi Ektor Fortga esa Ispaniyaning “Real Sosedad” va Germaniyaning Dortmund “Borussiya” klublari da’vogarlik qilmoqda. Shuningdek, “Manchester Yunayted” Alexandro Baldeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi va mankunianliklar futbolchining vakillari bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan. Fransiyalik himoyachi Jyul Kundega esa Angliya Premyer Ligasining bir qator jamoalaridan xaridorlar bor. Ehtimoliy transferlar bo‘yicha yakuniy qarorni klub sport direktori Deku qabul qiladi.
Ma’lumot uchun, Xansi-Diter Flik boshchiligidagi “Barselona” Ispaniya La Ligasining yangi mavsumini muvaffaqiyatli boshladi. Kataloniyaliklar safarda “Elche”ni 5:0 hisobida yirik g‘alaba bilan mag‘lub etdi.

