Banklarga kredit boʻyicha qarzlarni undirishda qarzdorlarning kartalarida MHEKMning 50 foizini qoldirish majburiyati yuklandi
Oʻzbekistonda yanvardan boshlab banklarga kreditlarni soʻndirish uchun qarzdorlarning kartalaridan barcha pullarni ushib qolish taqiqlanadi. Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan qoidaga koʻra, kartalarda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining kamida 50 foizi (hozirda bu 680 ming soʻm) qolishi kerak.

Banklarga kredit qarzdorligini undirishda qarzdorlar kartalarida MHEKMning 50 foizini qoldirish majburiyati yuklandi
Oʻzbekiston Markaziy banki tijorat banklari uchun kredit qarzdorligini uzishda qarzdorlarning bank kartalaridan mablagʻlarni avtomatik ravishda hisobdan chiqarishga cheklov kiritdi.
Oʻzgartirishlarga koʻra, agar bank mijozning karta hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini bezaktsept tartibda — kredit shartnomasi yoki kafillik shartnomasi asosida uning tomonidan alohida topshiriqsiz hisobdan chiqarsa, kartalarda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHEKM)ning 0,5 baravari miqdorida kamaymaydigan qoldiq saqlanishi kerak. Hozirda bu 680 ming soʻmni tashkil etadi.
Tuztishlar hujjat eʼlon qilinganidan keyin uch oy oʻtib — 2027 yil 10 yanvardan kuchga kiradi.
Aprel oyida Uzcard toʻlov tizimi bank kartalaridan bezaktsept hisobdan chiqarishda BHMning 3 baravari (1,32 mln soʻm) miqdorida eng kam kamaymaydigan qoldiq joriy etilishi haqida xabar bergan edi.
Avvalroq Oʻzbekiston Markaziy banki aholining qarz yuki ortib borayotgani va eng avvalo qarzdorlarning kreditlarga xizmat koʻrsatish qobiliyatidan xavotir bildirgan edi. 2025 yilda aholi qarz majburiyatlarining 93 foizi bank kreditlariga toʻgʻri kelgan.

