Ayubxon Yunusov O‘zbekistonning Suriyadagi elchisi bo‘ldi
O‘zbekistonning Suriyadagi elchisi (qarorgohi Al Kuvaytda) Ayubxon Yunusov mamlakat tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Uchrashuvda tomonlar munosabatlarni siyosiy muloqot, oliy va yuqori darajadagi tashriflar va manfaatli boshqa sohalarda rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Ayubxon Yunusov O‘zbekistonning Suriyadagi elchisi etib tayinlandi
O‘zbekistonning Suriyadagi elchisi (qarorgohi Al Kuvaytda) Ayubxon Yunusov mamlakat tashqi ishlar vaziri Asad Hasan ash-Shayboniyga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, deya xabar bermoqda.
Tomonlar ikki tomonlama aloqalarning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdi. Jumladan, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Suriya hukumatlararo qo‘mitasini tashkil etish, ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmini yo‘lga qo‘yish hamda boshqa qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv chog‘ida Suriya vaziri Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat berishini alohida ta’kidladi.
Asad ash-Shayboniy Suriya tomoni so‘nggi yillarda O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilgan yordam va ko‘makni yuksak qadrlashini qayd etib, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada faollashtirishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston-Suriya munosabatlarini siyosiy muloqot, oliy va yuqori darajadagi o‘zaro tashriflar, savdo-iqtisodiy hamkorlik hamda o‘zaro manfaatli boshqa yo‘nalishlarda yanada rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Ayubxon Yunusov 2024-yil 6-fevral kuni O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi sifatida ish boshlagan. U, shuningdek, 2025-yil 10-oktabrdan buyon mamlakatning Iroqdagi elchisi ham hisoblanadi.

