Mahalliy

Avtomobilga ishonchnomani qanday rasmiylashtirish mumkin?

Avtomobil boshqarish uchun ishonchnomani my.gov.uz yoki SafeRoad YHXX ilovasi orqali rasmiylashtirish mumkin. Agar ishonch bildirilgan shaxsga nafaqat avtomobilni boshqarish, balki uni tasarruf etish, masalan, sotish yoki hadya qilish huquqi ham kerak boʻlsa, notarial ishonchnoma talab etiladi. Ishonchnoma qachon kerak boʻlishi, qancha turishi va uni telefon orqali qanday rasmiylashtirish mumkinligi haqida maʼlumot beramiz.

Avtomobilga ishonchnomani qanday rasmiylashtirish mumkin?

2019-yil 1-oktabrdan boshlab avtomobil egasining yaqin qarindoshlari uning avtomobilini notarial ishonchnomasiz boshqarishi mumkin. Buning uchun ularning maʼlumotlari avtomobil egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish polisida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Yaqin qarindoshlarga er yoki xotin, ota-ona, farzandlar, aka-uka va opa-singillar kiradi.

Er yoki xotinning ota-onasi, nabiralar, buva-buvilar va boshqa qarindoshlar bu ro‘yxatga kirmaydi.

Agar haydovchi ushbu toifaga kirmasa, unga avtomobilni boshqarish huquqini tasdiqlovchi hujjat, jumladan elektron yoki notarial ishonchnoma kerak bo‘ladi.

Tanlov qanday vakolatlarni berish kerakligiga bog‘liq.

Faqat avtomobil boshqarish

- my.gov.uz yoki SafeRoad YHXX orqali elektron ishonchnoma.

Avtomobilni boshqarish va tasarruf etish

- notarial ishonchnoma.

Avtomobilni sotish

- ishonchnoma emas, oldi-sotdi shartnomasi.

my.gov.uz orqali elektron ishonchnoma aynan avtomobilni boshqarish uchun rasmiylashtiriladi va avtomobilni sotish yoki uni boshqa davlatga olib chiqish huquqini bermaydi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.