Mahalliy

Pulli avtomobil yo‘llarini tashkil etish tartibi belgilandi

Yirik gabaritli va og‘ir vaznli transport vositalarining avtomobil yo‘llarida harakatlanishiga faqat maxsus vakolatli organ yoki

Pulli avtomobil yo‘llarini tashkil etish tartibi belgilandi. Bu borada «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–1162-son, 05.08.2026-y.) qabul qilindi.

Qonunga ko‘ra, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlari yo‘l egalari tomonidan, shu jumladan ixtisoslashtirilgan yo‘l tashkilotlarini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.

Yirik gabaritli va og‘ir vaznli transport vositalarining avtomobil yo‘llarida harakatlanishiga faqat maxsus vakolatli organ yoki uning tizimidagi idoralar tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda ruxsat etiladi.

Pulli avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoki o‘z vakolatlari doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.

Mazkur qaror rejalashtirilayotgan pulli avtomobil yo‘li bilan bog‘liq hududlar o‘rtasida lozim darajadagi va foydalanish holatidagi avtomobil yo‘llari bo‘ylab muqobil bepul harakatlanishni ta’minlash sharti bilan qabul qilinadi.

Foydalanuvchi transport vositasida pulli yo‘ldan harakatlanish uchun quyidagi usullardan biri orqali operator bilan ommaviy shartnoma tuzadi:

▪️ pulli avtomobil yo‘liga kirish;

▪️ harakatlanish uchun to‘lovni to‘lov punktida to‘lash;

▪️ yo‘l talonini sotib olish.

Pulli avtomobil yo‘lidan harakatlanish uchun to‘lov transport vositalarining yuqori tezlik rejimini va butun yo‘nalish bo‘ylab yuqori darajadagi servis xizmatini ta’minlash sharti bilan joriy etiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.