Iqtisodiyot

Avtobozor: Oʻzbekistonda talab yangi avtomobillar va elektromobillar tomon siljimoqda

Avtobozor: Oʻzbekistonda talab yangi avtomobillar va elektromobillar tomon siljimoqda

Iyul oyi yakunlariga koʻra, Oʻzbekistonda avtomobillarning umumiy sotuv hajmi qariyb 80 ming donani tashkil etib, oʻtgan oydagi koʻrsatkichlarni barqaror darajada saqlab qoldi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining (ITIM) yangi tahliliy hisobotidan maʼlum boʻlishicha, asosiy oʻsishni yangi avtomobillar va elektromobillar taʼminlagan.

Yengil avtomobillar sotuvi 61,1 ming donaga yetdi. Bunda birlamchi va ikkilamchi bozorlar turlicha tendentsiyalarni koʻrsatdi:

**Birlamchi bozor:** yangi yengil avtomobillar realizatsiyasi 5,9% ga oshib, 25,4 ming donani tashkil etdi. Asosiy hissani mahalliy avtosanoat qoʻshdi — mahalliy mashinalar sotuvi 8,3% ga oʻsib, 20,4 ming donaga yetdi. Yangi xorijiy avtomobillar sotuvi esa, aksincha, biroz — 3% ga kamayib, 5 ming donani tashkil qildi.

**Ikkilamchi bozor:** minilgan yengil avtomobillarga boʻlgan talab 4,4% ga kamaydi — bir oy davomida 35,7 ming dona avtomobil sotildi.

Eng sezilarli oʻsishni elektromobillar segmenti koʻrsatmoqda. Iyul oyida birlamchi va ikkilamchi bozorlarda elektrokarlarning umumiy sotuvi 10,8% ga oshib, 9,3 ming donaga yetdi.

Elektromobillar sotuvining ijobiy dinamikasi respublikaning aksariyat hududlarida qayd etildi, bunda eng katta oʻsish Toshkent (+699 dona) va Fargʻona (+428 dona) viloyatlarida kuzatildi.

Poytaxt hamon asosiy sotuv markazi boʻlib qolmoqda — sotilgan elektromobillar umumiy hajmining 6 mingtasi Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri keldi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.