Iqtisodiyot

“Tashabbusli byudjet”da yana 417 ta loyiha gʻolib boʻldi

“Tashabbusli byudjet”ning joriy yilgi 2-mavsumi doirasida asosiy gʻoliblar qatoridan joy ololmagan 417 ta loyiha qoʻshimcha gʻolib deb topildi.

“Tashabbusli byudjet”da yana 417 ta loyiha gʻolib deb topildi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan 346 ta loyiha qoʻshimcha gʻolib sifatida tan olingan. Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 240,3 mlrd soʻm ajratildi.

Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari qarorlariga asosan, mahalliy byudjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan yana 71 ta loyiha qoʻshimcha gʻolib deb eʼlon qilindi. Bu loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 101,0 mlrd soʻm yoʻnaltirildi.

Maʼlumot uchun: amaldagi tartibga binoan, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari mahalliy byudjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan navbatdagi loyihalarni qoʻshimcha tarzda gʻolib deb eʼlon qilish vakolatiga ega.

Shu tariqa, joriy yilgi 2-mavsum yakunlariga ko‘ra, umumiy qiymati 3,3 trln soʻm bo‘lgan jami 2 612 ta loyiha gʻolib deb topildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.