Iqtisodiyot

Avgustda qaysi mahsulotlar qimmatlashdi, nimalar arzonlashdi — rasmiy statistika

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, yozning so‘nggi oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,2 foizga

Avgustda qaysi mahsulotlar qimmatlashdi, nimalar arzonlashdi — rasmiy statistika

O‘zbekistonda 2026-yil avgustida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,2 foizga ko‘tarildi.

Yillik iste’mol narxlari indeksi (INI) 6,2 foizni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu oyiga (2025-yil avgust — 8,8 foiz) nisbatan 2,6 foiz bandga kamaydi.

Avgust oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,4 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,2 foizga, aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,1 foizga qimmatlashgani qayd etildi.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari orasida sabzi (9,2 foiz), piyoz (6,2 foiz), uzun boshoqli guruch (2,4 foiz), yumaloq boshoqli guruch (2,3 foiz) va tarvuz (7,5 foiz) narxlarining oshishi inflyasiyaga ta’sir ko‘rsatdi.

Inflyasiyani pasaytiruvchi omil sifatida asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan uzum (-10,9 foiz), bulg‘or qalampiri (-9,2 foiz), olma (-7,2 foiz), nok (-6,0 foiz), baqlajon (-5,5 foiz), karam (-4,9 foiz) va kartoshka (-3,3 foiz) narxlarining pasayishi muhim hissa qo‘shdi.

Nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarida AI-98 va AI-100 markali benzin (6,7 foiz), AI-95 markali benzin (4,9 foiz) hamda AI-92 markali benzin (1,1 foiz) narxining oshishi kuzatildi.

Shuningdek, xizmatlar narxi va tariflarida xalqaro aviaqatnovlar (1,7 foiz), shaharlararo avtomobil transportida yo‘lovchi tashish (0,6 foiz) va ijaraga olingan turar joylar uchun haq (0,4 foiz) oshgani qayd etildi.

Hisob-kitoblar uchun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalaridan 2 mln dan ortiq narxlar qayd etildi. 419 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hamda 98 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.