Atlantika rekordçisi bölgan ulkan layner sunʼiy rifga aylanadi
AQŞning Florida ştati sohilida tarixiy SS United States laynerini çöktirib, dunyodagi eng katta sunʼiy rifni yaratiş rejalaştirilmoqda. Okalusa okrugi maʼmuriyatiga köra, ob-havo imkon bersa, işlar noyabrning ikkinçi haftasida amalga oşiriladi.

Atlantika rekordini o‘rnatgan ulkan layner sun’iy rifga aylantiriladi
Uzunligi qariyb 302 metr bo‘lgan kema Destin shahridan taxminan 40 kilometr janubi-g‘arbda dengiz tubiga tushiriladi. Loyiha tashabbuskorlari layner dengiz jonzotlari uchun yangi yashash muhitiga, g‘avvoslar uchun esa yirik sayyohlik obyektiga aylanishiga umid qilmoqda.
Mahalliy hokimiyat hisob-kitoblariga ko‘ra, bu dayving anjomlari do‘konlari, baliq ovlash sayohatlarini tashkil etuvchi kompaniyalar va mehmonxonalarga har yili millionlab dollar daromad keltirishi mumkin.
SS United States 1952-yildagi birinchi reysida Atlantika okeanini uch kun, 10 soat va 40 daqiqada kesib o‘tib, tezlik rekordini o‘rnatgan. U Queen Mary laynerining avvalgi natijasini taxminan 10 soatga yaxshilagan.
Shu tariqa kema yo‘lovchi laynerlarining eng tez transatlantik o‘tishi uchun beriladigan «Atlantikaning moviy tasmasi» mukofotini qo‘lga kiritgan.
Biroq vaqt o‘tishi bilan yo‘lovchilarning transport tanlovi o‘zgargan va laynerga talab pasaygan. 1969-yilda, 17 yillik xizmatdan so‘ng, u ekspluatatsiyadan chiqarilgan. Keyingi o‘n yilliklarda kema bir necha bor egasini almashtirib, asta-sekin yaroqsiz holga kelgan.
Tarixiy meros himoyachilari ko‘p yillar davomida laynerni saqlab qolish va tiklashga uringan. Ammo uni ta’mirlash va saqlash xarajatlari juda katta bo‘lgan.
Filadelfiyadagi prichal egasi bilan ijara haqi bo‘yicha nizo esa kemani asrash bilan shug‘ullangan SS United States Conservancy tashkilotini uni sotishga majbur qilgan.
Laynerni Okalusa okrugi sotib olgan. 2025-yil 19-fevralda u Filadelfiyadan buksirda olib chiqilib, Alabama shtatidagi Mobil shahriga yo‘l olgan.
Ayrim ekologik tashkilotlar va olimlar kema korpusiga surtilgan, tarkibida rux xromati bo‘lgan grunt qoplamasi Meksika qo‘ltig‘i suvlarini ifloslantirishi mumkinligidan xavotir bildirgan.
Okalusa okrugi ma’muriyati esa loyiha AQSh Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi - EPA talablariga mos ekanini ma’lum qilgan. 2025-yil avgustda federal sud laynerni cho‘ktirishning oldini olish maqsadida kiritilgan da’voni rad etgan.

