Asakadagi tekstil korxonasida yonğin sodir böldi
Yonğin oqibatida paxta toy mahsulotlari yonib zararlangan.

Asakadagi tekstil korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi
Andijon viloyatining Asaka tumanidagi tekstil korxonasida yong‘in yuz berdi.
25-oktabr kuni soat 18:03 da 112 tizimi orqali Asaka tumani Uluğbek MFYda joylashgan tekstil korxonasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida FVBga xabar kelib tushgan.
Yong‘in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 19:45 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida paxta toy mahsulotlari yonib zararlangan, hech kim jarohatlanmagan.
Yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.

