Dunyo

Armaniston va Ozarbayjon xalqaro sudlarda bir-biriga qarshi qo‘zg‘atgan da’volarini qaytarib olishi mumkin

Ikki mamlakat o‘rtasida yakuniy tinchlik shartnomasi imzolansa, o‘zaro huquqiy nizolarga chek qo‘yiladi. Tomonlar 2021-yildan buyon BMT Xalqaro sudida bir-birini irqiy kamsitishda ayblab kelayotgandi.

Armaniston va Ozarbayjon xalqaro sudlardagi o‘zaro da’volaridan voz kechishi mumkin

Tinchlik bitimi tuzilishi doirasida Armaniston va Ozarbayjon bir-biriga qarshi xalqaro sudlarga topshirgan da’vo arizalarini qaytarib olishi kutilmoqda. Bu haqda Armaniston bosh vaziri apparati rahbari Lilit Makunts ma’lum qildi, deya xabar berdi “TASS”.

Makuntsning aytishicha, agar ikki tomon yakuniy tinchlik shartnomasini imzolasa, o‘zaro da’volarni bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qilinadi. Shu bilan birga, Yerevan xalqaro maydonda o‘z manfaatlarini himoya qilishni hech qachon to‘xtatmasligini bildirdi.

Ikki davlat o‘rtasidagi nizo 2021-yil sentyabrda boshlangan. O‘shanda Armaniston va Ozarbayjon bir-birini irqiy kamsitishga qarshi xalqaro konvensiyani buzganlikda ayblab, BMT Xalqaro sudiga murojaat qilgan edi. Keyin esa har ikki tomon sud vakolatini bahslashgani sababli ishni ko‘rib chiqish vaqtincha to‘xtatilgan.

2024-yil noyabr oyida BMT sudi aksariyat da’volar bo‘yicha o‘z vakolatini tasdiqladi. Shuningdek, 2024-yil dekabrida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ham tinchlik shartnomasi imzolanganidan so‘ng barcha da’volarni qaytarib olishga tayyorligini bildirgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.