Siyosat

Armaniston parlamentida deputatlar ommaviy mushtashuv uyushtirishdi

Armaniston parlamentida hukmron partiya va muxolifat vakillari oʻrtasidagi ogʻzaki aytishuv ommaviy mushtashuvga aylanib ketdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. Nizo hukmron «Fuqarolik shartnomasi» fraktsiyasi deputati Taron Chaxoyanning chiqishidan soʻng boshlandi. U muxolifatdagi «Kuchli Armaniston» partiyasining saylovoldi kampaniyasiga toʻxtalib oʻtdi. Chaxoyanning bayonotlari muxolifat vakillarini, jumladan fraktsiya rahbari Narek Karapetyanni gʻazabga keltirdi. Deputatlar oʻrtasida ogʻzaki […]

Armaniston parlamentida deputatlar ommaviy mushtashuv uyushtirishdi

Armaniston parlamentida hukmron partiya va muxolifat vakillari oʻrtasidagi ogʻzaki dahanaki jang ommaviy mushtashuvga aylanib ketdi.

Hodisa hukmron «Fuqarolik shartnomasi» fraktsiyasi deputati Taron Chaxoyanning chiqishidan keyin boshlandi. U muxolifatdagi «Kuchli Armaniston» partiyasining saylovoldi kampaniyasiga toʻxtalib oʻtgan edi.

Chaxoyanning soʻzlari muxolifat vakillarining, jumladan fraktsiya rahbari Narek Karapetyanning gʻazabini keltirdi. Deputatlar oʻrtasida ogʻzaki tortishuv boshlanib, keyinchalik u mushtashuvga aylandi.

Parlament vitse-spikeri Ruben Rubinyan tanaffus eʼlon qildi. Zalga xavfsizlik xizmati xodimlari kirib, nizo ishtirokchilarini ajrata boshladilar.

Tarang vaziyat parlament koridorlarida ham saqlanib qoldi. Xavfsizlik xodimlari oʻzaro raqobatlashayotgan tomonlar orasida turdilar. Keyinchalik vaziyat barqarorlashdi va deputatlar oʻz kabinetlariga tarqalishdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.