AQŞ elçixonasi Moskvadagi «Saritsino» boğida terakt xavfi borligidan ogohlantirdi
Moskvadagi «Saritsino» muzey-qöriqxonasi hududida 31-oktabr kuni terakt sodir etilişi mumkinligi haqida ogohlantiriş eʼlon qilindi. AQŞ elçixonasi xavfni jiddiy deb baholab, fuqarolarini uşbu hududga bormaslikka çaqirdi.

AQŞning Moskvadagi elçixonasi «Saritsino» boğida terakt sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi
Rossiya poytaxti Moskva şahridagi AQŞ elçixonasi xavfsizlik bo‘yicha ogohlantirish chiqardi: uning maʼlumotlariga ko‘ra, 31-oktabr kuni «Saritsino» muzey-qo‘riqxonasi hududida ko‘plab qurbonlarga olib keluvchi hodisa yuz berishi mumkin.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Amerika tomonidan Moskvada terakt tayyorlanayotgani haqida xabar olganini tasdiqladi.
Amerikalik diplomatlar tahdidni asosli deb hisoblamoqda. Bayonotda aytilishicha, AQŞ hukumati javob choralarini Rossiya davlat idoralari bilan muvofiqlashtirmoqda. AQŞ fuqarolariga şanba kuni «Saritsino»ga bormaslik, boqqa yaqinlashmaslik, odamlar gavjum joylardan yiroq yurish va hushyorlikni saqlash tavsiya etilgan.
FXX vakillarining so‘zlariga köra, maʼlumotlar «hamkorlik kanallari» orqali kelib tushgan. Idora «tegishli ishlar olib borilayotganini» maʼlum qildi. Rossiya rasmiylari boshqa tafsilotlarni ochiqlamayapti.
AQŞ elçixonasi 2024-yil mart oyida «Krokus Siti Xoll»dagi teraktdan oldin ham şunga o‘xşaş ogohlantirish eʼlon qilgandi. O‘şanda elchixona AQŞ fuqarolariga 48 soat davomida ommaviy yig‘inlarga bormaslikni maslahat bergan edi.

