Texnologiya

AQShda yangi jangovar dron birinchi marta toʻliq mustaqil parvoz qildi

Northrop Grumman kompaniyasi ishlab chiqqan YFQ-48A Talon Blue uchuvchisiz jangovar samolyoti parvozga koʻtarilish, havodagi manyovrlar va qoʻnishni inson aralashuvisiz amalga oshirdi.

AQShda yangi jangovar dron ilk bor toʻliq mustaqil parvoz amalga oshirdi

Northrop Grumman kompaniyasiga tegishli Talon Blue droni Kaliforniyadagi Mojave Air and Space Port aerodromi ustida birinchi parvozini amalga oshirdi. Ushbu aeroportda Northrop Grumman tarkibiga kiruvchi, eksperimental uchish apparatlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Scaled Composites kompaniyasi joylashgan. Talon Blue aynan shu kompaniya tomonidan qurilgan.

YFQ-48A Talon Blue oʻzining ilk toʻliq avtonom parvozi chogʻida havoga koʻtarildi, osmonda turli manyovrlarni bajardi va mustaqil tarzda qoʻndi.

Uchuvchisiz samolyot modulli tuzilma va zamonaviy ishlab chiqarish usullari asosida ishlab chiqilgan. Bu yondashuv detallar soni hamda apparatning umumiy ogʻirligini kamaytirish, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va samolyotlarni tezroq tayyorlash imkonini beradi. Shu bilan birga, uning jangovar imkoniyatlarini saqlab qolish koʻzda tutilgan.

Northrop Grumman maʼlum qilishicha, bu parvoz kompaniyaning avtonom tizimlar sohasidagi 70 yillik tajribasi va avtonom rejimda bajarilgan 500 ming soatdan ortiq parvozlar natijasidir.

Talon Blue Northrop Grummanning oʻzi moliyalashtirayotgan Talon loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. Loyihaning maqsadi amaliyotga tayyor avtonom aviatsiya tizimlarini yaratish jarayonini tezlashtirishdan iborat.

Samolyot konstruksiyasi uni turli jangovar vazifalarga moslashtirish imkonini beradi. Yuqorida joylashgan havo kirish qismi, keng bazali shassi va korpus ichiga oʻrnatilgan qurol boʻlmasi apparatni AQSH va uning ittifoqchilari manfaatlariga mos vazifalarda qoʻllashga imkon yaratadi.

Talon Blue uchuvchisiz aviatsiya bozori jadal rivojlanayotgan bir paytda sinovdan oʻtkazilmoqda. Ushbu apparatlar AQSH Harbiy-havo kuchlarining yuzlab uchuvchisiz mashinalarni xarid qilishni nazarda tutuvchi Increment 2 dasturida ishtirok etishi kutilmoqda. Biroq dastur doirasidagi samolyotlarga qoʻyiladigan aniq talablar hali yakuniy tasdiqlanmagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.