Dunyo

AQSH Yevropada Starlink cheklanadigan boʻlsa «vayronkor» javob qaytarish bilan tahdid qildi

AQShning Yevropa Ittifoqidagi elchisi Endryu Pazder Bryussel SpaceX kabi Amerika kompaniyalarining Yevropa bozoriga kirishini cheklash rejasini amalga oshiradigan boʻlsa, Yevropa kompaniyalari jiddiy oqibatlarga duch kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

AQSH Yevropada Starlink cheklansa, «vayronkor» javob qaytarish bilan tahdid qildi

Yevropa kompaniyalari javob choralaridan xavotirlanishi kerakmi, degan savolga Pazder shunday javob berdi: «Bu sodir boʻlishi mumkin va Amerika bozorining hajmini hisobga olganda, bu ular uchun vayronkor oqibatlar keltirib chiqaradi».

Elchining aytishicha, AQSHda bu poygada gʻalaba qozonish uchun barcha zarur imkoniyatlar bor.

«Biroq Yevropa bilan urushish oʻrniga hamkorlik qilishimiz osonroq boʻlardi», - dedi u.

AQSHning bu ogohlantirishi Yevrokomissiya sunʼiy yoʻldoshlar orqali smartfonlarga toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa xizmatlarini koʻrsatish uchun radiochastotalarni taqsimlash qoidalarini oʻzgartirish rejalarini ishlab chiqayotgan paytda yangradi.

Taklifga koʻra, 2 GGs chastota diapazonining bir qismi davlat xizmatlari uchun, qolgan qismi esa tijorat maqsadlariga ajratiladi. Bunda tijorat spektridan foydalanish Yevropa operatorlariga ustunlik beradigan tarzda tartibga solinadi. Bu SpaceX, jumladan, Starlink tarmogʻini boshqarayotgan Amerika hamda Xitoy kompaniyalarining imkoniyatlarini cheklashi mumkin.

Yevropada radiochastota spektrini taqsimlashga kiritilishi taklif etilayotgan oʻzgarishlar SpaceX kompaniyasining keskin tanqidiga uchradi. Kompaniya bu Ukrainada aloqa sifati yomonlashishiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Shu bilan birga, avvalroq YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha vakili Kaya Kallas Yevropa Ittifoqi qisqa muddat ichida Ukrainani Starlink sunʼiy yoʻldosh aloqa tizimiga muqobil texnologik yechim bilan taʼminlash imkoniyatiga ega emasligini taʼkidlagan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.