AQSh xorijdan keluvchi aviajoylovchilar uchun majburiy deklaratsiya joriy etadi
3 noyabrdan boshlab AQShga yetib keluvchi xalqaro aviareyslar yoʻlovchilari soʻnggi 21 kun ichida DR Kongoda boʻlmaganini tasdiqlashlari kerak boʻladi.

AQSh xalqaro aviareyslar bilan kelayotgan barcha yoʻlovchilar, jumladan tranzit bilan uchayotganlar uchun ham deklaratsiya toʻldirish majburiy talabini joriy etadi.
Yangi chora AQSh sharqiy vaqti bilan 3 noyabr soat 23:59 dan kuchga kiradi va Ebola virusi kirib kelishi xavfini kamaytirishga qaratilgan.
Uchishdan oldin yoʻlovchilar reysdan oldingi 21 kun davomida Demokratik Kongo Respublikasi (DR Kongo) hududida boʻlmaganini tasdiqlovchi qogʻoz yoki elektron shakldagi deklaratsiyani toʻldirishi va imzolashi kerak boʻladi.
DR Kongo aeroporti orqali tranzit oʻtish ham, hatto yoʻlovchi samolyotdan yoki aeroport binosidan chiqmagan boʻlsa ham, mamlakatda boʻlish deb hisoblanadi.
18 yoshdan kichik yoʻlovchilar uchun deklaratsiyani ota-onasi, vasiysi yoki boshqa vakolatli shaxs imzolashi kerak.
Uchishdan oldin toʻldirilgan deklaratsiyani taqdim etmaganlar reysga chiqarilmaydi.
Hujjat shaklini AQSh Nazorat va kasalliklar profilaktikasi markazi (CDC) saytidan olish mumkin.

