Siyosat

AQSH Suriyaning terrorchi davlat maqomini rasman bekor qildi

24-avgust kuni AQSH davlat kotibi Vashington ortiq Suriyani terrorchi davlat deb bilmasligini eʼlon qildi. Davlat departamentining OAVga yoʻllagan xabariga koʻra, qaror Kongress bilan bamaslahat, 45 kunlik majburiy muhokama davridan soʻng qabul qilingan. Rubio buni Suriya uchun sanksiyalarning toʻliq bekor boʻlishi bilan ulamoqda.

AQSH Suriyaning terrorchi davlat maqomini rasman bekor qildi.

AQSH davlat kotibi 24-avgust kuni Suriyaning terrorchilik maqomini butunlay bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqladi. Davlat departamenti OAVga yuborgan rasmiy xabarda, shuningdek, Hayʼat Tahrir ash-Shom tashkilotining “Maxsus belgilangan global terrorchi” maqomi ham olib tashlanayotgani maʼlum qilindi.

Marko Rubioning soʻzlariga koʻra, “Bugun men Suriyaning “Terrorizmni qoʻllab-quvvatlovchi davlat” sifatidagi maqomini rasman bekor qilishni tasdiqladim. Shuningdek, Hayʼat Tahrir ash-Shom tashkilotining “Maxsus belgilangan global terrorchi” maqomini ham bekor qildim. Bu qarorlar prezident Tramp tomonidan Suriya xalqiga farovonlikka erishish yoʻlini ochish borasida amalga oshirilgan yana bir tarixiy qadamdir”.

Qoʻshimcha qilinishicha, oʻtgan bir yil davomida Tramp maʼmuriyati Suriya xalqiga foyda keltiradigan sanksiyalarni yengillashtirish boʻyicha anchagina choralar koʻrgan.

Davlat departamentiga koʻra, 2025-yil iyun oyida chiqarilgan “Suriyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishni taʼminlash” haqidagi prezident farmoni tarixiy boʻldi va Suriyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish jarayonini tezlashtirdi. Jumladan, u Suriyaga oid sanksiyalar dasturini va Suriya bilan bogʻliq favqulodda holatni tugatdi, shuningdek, Suriya bilan bogʻliq turli sanksiyalar va terrorchi tashkilotlar maqomini qayta koʻrib chiqish jarayonini boshladi.

Axborotda aytilishicha, bu choralar Suriyaning prezident Ahmad ash-Sharʼa boshchiligidagi hukumatining xalqaro terrorizm bilan aloqalarni toʻliq uzish borasida koʻrsatgan ijobiy harakatlari va olgan keyingi majburiyatlarini eʼtirof etish maqsadida amalga oshirildi.

AQSH nazarida oʻtgan bir yil davomida Suriya hukumati terrorizmga qarshi kurashda muhim qadamlar tashladi. Jumladan, noyabr oyida IShIDni magʻlub etish boʻyicha global koalitsiyaga rasman qoʻshildi va ISHID, “al-Qoida”, “Hizbulloh” hamda Eron bilan ittifoqchi guruhlarning terror tarmoqlarini izdan chiqarishga qaratilgan operatsiyalar oʻtkazdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.