Dunyo

AQSH Saudiya Arabistoniga 5 mlrd dollarlik aviabombalar sotilishini ma’qulladi

AQSH Saudiya Arabistoniga 5 mlrd dollarlik aviabombalar sotilishini ma’qulladi

AQSH Davlat departamenti Saudiya Arabistoniga qiymati qariyb 5 mlrd dollar bo‘lgan yuqori aniqlikdagi aviatsiya o‘q-dorilarini sotishni ma’qulladi. Bu haqda idora saytida xabar qilingan.

Gap JDAM-ER turidagi o‘q-dorilar haqida ketmoqda. Ushbu tizim oddiy aviabombalarni nishonga aniq yo‘naltirish va ularning zarba berish masofasini oshirish imkonini beradi.

Ehtimoliy bitimning umumiy qiymati 5 mlrd dollarga baholangan. Uning asosiy pudratchisi Boeing kompaniyasi bo‘lishi kutilmoqda.

AQSH Kongressiga yuborilgan xabarnomaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni 10 mingdan ortiq aviatsiya o‘q-dorilari va JDAM boshqaruv to‘plamlarini sotib olishni so‘ragan. Paketga vazni qariyb 227 kilogramm bo‘lgan 5 004 ta aviabomba hamda taxminan 907 kilogrammlik 5 000 ta og‘ir bomba kiradi. Ular yuqori aniqlikdagi boshqaruv modullari bilan jihozlanishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, yetkazib berish to‘plamiga FMU-139 portlatgichlari, DSU-38 va DSU-40 lazerli hamda optik nishon datchiklari, konteynerlar, ehtiyot qismlar, shuningdek, texnik xizmat ko‘rsatish va logistik ta’minot ham kiradi.

Bundan tashqari AQSH Davlat departamenti Saudiya Arabistoniga yana 750 mln dollarlik AGT-1500 dvigatellarini sotishni ham ma’qullagan. Ushbu dvigatellar M1 Abrams tanklarida qo‘llanadi. Bu bitimning asosiy pudratchisi Honeywell kompaniyasi bo‘ladi.

AQSH Saudiya Arabistoniga 2026-yil boshida ham bir nechta yirik harbiy paketlarni ma’qullagan.

30 yanvar kuni Davlat departamenti Saudiya Arabistoniga 730 ta Patriot PAC-3 MSE raketasi va ularga tegishli jihozlarni 9 mlrd dollarga ehtimoliy sotishga ruxsat bergan. 3-fevral kuni esa Saudiya Arabistonining F-15 qiruvchilariga texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash uchun yana 3 mlrd dollarlik ehtimoliy bitim ma’qullangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.