AQSh lugʻatiga 1400 ta yangi soʻz qoʻshildi, jumladan, «neckbeard» (boʻyinsoqol), «trash panda» (chiqindi pandasi) va «cuffing season» (juftlashish mavsumi)
Trash panda, crashout, Rickroll, vibe coding ва Sunday scaries Merriam-Webster луғатига қўшилган 1400 та янги сўзлар қаторидан жой олди.

AQSh lugʻatiga 1400 ta yangi soʻz, jumladan, neckbeard, trash panda va cuffing season qoʻshildi
Yenotlarni odamlarning chiqindilaridan topilgan ovqatlarni yeyishni yaxshi koʻrishlari sababli mehr bilan trash pandas (chiqindi pandalari) deb atashadi.
Amerikaning eng qadimgi lugʻat nashriyoti boʻlmish Merriam-Webster oʻziga 1400 ta yangi soʻzni qoʻshdi, ular orasida glow-up, looksmaxxing, meme coin va yenotlarning erkalovchi laqabi boʻlgan trash panda ham bor.
«Yangi kiritilgan soʻzlar vaqt oʻtishi bilan keng qoʻllanilishini isbotlagan soʻzlar va maʼnolarni aks ettirib, bugungi dunyoga bir oyna ochadi», dedi nashriyot oʻz blogidagi postida.
Boshqa qoʻshimchalar ovqatlanish bilan bogʻliq boʻlib, ular qatoriga superfood (ozuqaviy moddalarga boy oziq-ovqatlar), bao (Osiyoda mashhur boʻlgan ichiga qiyma solingan boʻgʻirsoq) va cake pop (choʻpchadagi pirojniy) kiradi.
Kuz yaqinlashayotgani sababli, cuffing season (kishanlash mavsumi) ham kiritildi, bu yilning boʻydoq odamlar sovuq oylarni birga oʻtkazish uchun romantik sherik izlaydigan davrini ifodalaydi.
Baʼzi atamalar koʻpchilikka allaqachon tanish boʻlishi mumkin, masalan, whack-a-mole («mavjud muammo hal qilinishi bilan yangi oʻxshash muammo paydo boʻladigan vaziyat»).
Boshqalari kamroq tanish boʻlishi mumkin, masalan, Mandela effect («koʻp odamlarning jamoaviy ravishda bir xil soxta xotiraga ega boʻlish tajribasi»).
Baʼzi soʻzlar ayniqsa amerikachadir, masalan, California sober sifati, lugʻatda bu kokain yoki metaamfetamin kabi boshqa giyohvand moddalardan tiyilib, marixuana va/yoki spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish deb taʼriflanadi.
Mana eng soʻnggi qoʻshimchalardan yana bir nechtasi:
Rickroll - ingliz xonandasi Rik Estlining Never Gonna Give You Up qoʻshigʻini tinglatish orqali kimgadir hazil qilish
Uncanny valley - deyarli haqiqiydek tuyuladigan sunʼiy narsani koʻrishdan paydo boʻladigan vahimali tuygʻu
parasocial - bir tomonlama hissiy bogʻliqlik
vibe coding - kompyuter kodini yaratish uchun sunʼiy intellekt tizimidan foydalanish
chili crisp - yogʻ va qovurilgan qalampir, sarimsoq yoki shalot piyozi boʻlaklaridan tayyorlangan achchiq, qarsildoq ziravor
yacht rock - 1970-yillarda boshlangan soft-rok musiqa janri
neckbeard - iyak va tomoqni qoplaydigan soqol, shuningdek, ushbu soqollar bilan bogʻliq «madaniyat» boʻlib, u baʼzan ayollarni yomon koʻruvchi yoki kompyuter ahmogʻi degan maʼnoda kamsituvchi atama boʻlishi mumkin
shapewear - tanani shakllantirish va silliqlash uchun moʻljallangan tor kiyim
Sunday scaries - dam olish kunlari tugayotganini bilib, tashvish yoki qaygʻu hissini tuyish
crashout - dramatik yakun, yoʻqotish yoki magʻlubiyat, yoki hissiy tushkunlik
Merriam-Webster yaqin bir necha oy ichida yil soʻzini ham eʼlon qilishi kutilmoqda.
2025 yilda slop soʻzi tanlandi, uning taʼrifi kengaytirilib, «odatda sunʼiy intellekt yordamida koʻp miqdorda ishlab chiqariladigan past sifatli raqamli kontent»ni oʻz ichiga oldi.

