Iqtisodiyot

AQSH kritik minerallar sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda. Oʻzbekistonning oʻrni qanday?

Jahon sanoatining texnologik rivoji kritik minerallarga boʻlgan talabni oshirmoqda. Sunʼiy intellekt tizimlari, maʼlumotlar markazlari, elektromobilsozlik, aviatsiya va yashil energetikada qoʻllanadigan texnologiyalar ushbu resurslarga bevosita bogʻliq. Shu bois ularni qazib olish, qayta ishlash va yetkazib berish xalqaro iqtisodiy hamkorlikning muhim yoʻnalishiga aylandi.

AQSH kritik minerallar yoʻnalishida hamkorlikni kengaytirmoqda. Bu jarayonda Oʻzbekistonning oʻrni qanday?

Samarqandda AQSH davlat kotibi Marko Rubio ishtirok etgan C5+1 uchrashuvlarida kritik minerallar taʼminotini diversifikatsiya qilish, shuningdek, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish masalalari asosiy mavzulardan biri boʻldi.

Oʻzbekiston uchun bu muloqotlar mineral resurslarni chuqur qayta ishlash va mamlakatning xalqaro sanoat zanjirlaridagi ishtirokini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakat volfram, molibden, litiy, grafit, germaniy kabi muhim mineral resurslarga hamda ushbu yoʻnalishda 100 dan ortiq loyihani qamrab olgan portfelga ega.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan islohotlar ushbu salohiyatni yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga yoʻnaltirishga qaratilgan. Xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, mahalliy qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish bu boradagi ustuvor vazifalar sirasiga kiradi.

Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) mazkur yoʻnalishlarda xalqaro kompaniyalar va moliya institutlari bilan amaliy muzokaralar olib bormoqda. Xususan, AQShning DFC korporatsiyasi bilan 4 milliard 200 million dollarlik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlari koʻrib chiqilmoqda.

Metallica Commodities kompaniyasi bilan umumiy qiymati 1 milliard 27 million dollar boʻlgan 5 ta loyihani birgalikda amalga oshirish istiqbollari muhokama qilinmoqda. Vast Resources bilan esa 29 million 400 ming dollarlik 6 ta loyiha boʻyicha hamkorlik imkoniyatlari oʻrganilmoqda.

Samarqanddagi C5+1 uchrashuvlari doirasida TMK 25 dan ortiq xorijiy kompaniya va tashkilot bilan hamkorlik masalalarini kun tartibiga chiqardi.

Ushbu uchrashuvlarda muhokama qilingan yoʻnalishlardan biri sanoat chiqindilaridan qimmatli mineral va metallarni ajratib olish boʻldi. Bu yondashuv chiqindilar tarkibidagi foydali komponentlarni qayta iqtisodiy aylanmaga kiritishni nazarda tutadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.