AQSH immigratsion viza arizalarini koʻrib chiqishni baʼzi mamlakatlar uchun qayta tikladi
Donald Tramp maʼmuriyati immigratsion viza arizalarini koʻrib chiqishni qayta tikladi, biroq faqat ikki mamlakat - Vengriya va Polshadan kelgan arizalarni qabul qilmoqda.

AQSH ayrim davlatlar uchun immigratsion viza arizalarini koʻrib chiqishni qayta boshladi
Boshqa mamlakatlar bo‘yicha immigratsion viza suhbatlariga yozilishning vaqtincha to‘xtatilishi esa amalda qolmoqda.
Nega AQSH aynan Vengriya va Polshani alohida ko‘rsatgani hozircha noma’lum. Xususan, Tramp Vengriyaning sobiq bosh vaziri Viktor Orbanni, shuningdek, Polshaning amaldagi prezidenti Karol Navrotskini ochiq qo‘llab-quvvatlagan, uning saylanishi esa bosh vazir Donald Tuskning markazchilar hukumati bilan ziddiyatga sabab bo‘lgan edi.
2026-yil boshida AQSH Davlat departamenti 75 mamlakat, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari uchun immigratsion viza arizalarini koʻrib chiqishni toʻxtatishga qaror qilgani maʼlum bo‘lgan edi. Idora konsullarga AQShda ijtimoiy nafaqa olishga urinishi mumkin bo‘lgan shaxslarga viza berishni rad etishni tavsiya qilgan. Davlat departamentining ushbu qarori sudga shikoyat qilingan. Avgust oyida Nyu-York shtati federal sudi uni noqonuniy deb topib, qarorni bekor qilgan. Biroq oy oxirida Tramp maʼmuriyati konsullik xodimlarini «chuqurlashtirilgan oʻqitish»dan oʻtkazish uchun immigratsion viza arizalarini koʻrib chiqishni yana toʻxtatib qo‘ygan edi.

