Dunyo

AQŞ Rossiya gazini Ukraina orqali Yevropaga qaytarmoqçi - WSJ

AQŞ Rossiya gazini Ukraina hududi orqali Yevropaga yetkazib berişni qayta tiklaş taklifini ilgari surmoqda. The Wall Street Journal manbalariga köra, gazni amerikalik vositaçi orqali sotiş rejasi Moskva va Kiev örtasida energetik sulhga erişiş muzokaralarining bir qismi hisoblanadi. Yevropada esa bu taşabbus Rossiya energiya resurslaridan voz keçiş siyosatiga putur yetkazişidan xavotirda.

AQŞ Rossiya gazini Ukraina orqali Yevropaga qayta olib kirishni istamoqda - WSJ

Gazeta 1-noyabr kuni amerikalik, yevropalik va ukrainalik rasmiylarga tayanib yozishicha, AQŞ muzokarachilari Jared Kuşner va Stiv Uitkoff bu g‘oyani sentabr oyida Moskva va Kievga qilgan tashriflari chog‘ida muhokama qilgan.

Taklif Rossiya gazini amerikalik vositachi orqali sotishni ko‘zda tutadi. Nashrga ko‘ra, bunday mexanizm Yevropa sanksiyalarini chetlab o‘tish imkonini berishi va amerikalik investorlar uchun daromadli imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.

Vashington noyabr oyida Abu-Dabida o‘tkazilishi rejalashtirilgan AQŞ, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar oldidan energetika obyektlariga zarba berishni to‘xtatish bo‘yicha keng qamrovli kelishuvga erishmoqchi.

WSJ manbalariga ko‘ra, AQŞ maʼmuriyati Rossiyaning Yevropa gaz bozoriga qaytishini Vladimir Putinni energetik sulhni qo‘llab-quvvatlashga undaydigan qo‘shimcha rag‘bat sifatida ko‘rmoqda. Ukraina esa gazni o‘z hududidan o‘tkazish evaziga qo‘shimcha tranzit daromadi olishi mumkin.

Amerikalik rasmiylardan birining aytishicha, Oq uy Rossiya gazini Yevropaga sotishdan tushadigan mablag‘larni uchinchi yurisdiksiyadagi maxsus hisobvaraqqa o‘tkazishni ham taklif qilgan. Bu mexanizm tushumlarni harbiy maqsadlarda ishlatishni cheklashi ko‘zda tutilmoqda.

Biroq tashabbus Yevropada jiddiy qarshilikka uchramoqda. WSJ yozishicha, Yevropa Ittifoqining amaldagi qonunchiligi Rossiya gazi importidan 2027-yil oxirigacha bosqichma-bosqich voz kechishni nazarda tutadi. Yevropaning yirik davlatlari rahbarlari ham Rossiya energiya resurslariga yana qaram bo‘lib qolishni istamasligini bir necha bor bildirgan.

Nashr keltirgan maʼlumotlarga ko‘ra, Rossiya gazining Yevropa isteʼmolidagi ulushi Ukrainaning keng ko‘lamli bosqini arafasidagi 45 foizdan hozir taxminan 11 foizga tushgan. Ayni paytda Yevropadagi gaz isteʼmolining qariyb 30 foizi AQŞdan yetkazilayotgan suyultirilgan tabiiy gaz hisobiga taʼminlanmoqda.

Ayrim yevropalik rasmiylar xususiy suhbatlarda muhokama qilinayotgan taklifni keskin tanqid qilgan. Shunga qaramay, Tramp maʼmuriyati Yevropaning amaldagi qarshiligi omma oldidagi bayonotlardagidan yumshoqroq bo‘lishiga umid qilmoqda. Vashington hisobicha, energiya narxlarining yuqoriligi va taʼminot xavfsizligiga oid xavotirlar Yevropa davlatlarini bunday takliflarga moyilroq qilishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.