Boshqa

Angela Merkel foydalangan samolyot sotuvga qo‘yildi

Angela Merkel foydalangan samolyot sotuvga qo‘yildi

AQSHda Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel foydalangan Theodor Heuss samolyoti sotuvga chiqarildi.

A340-300 rusumidagi laynerni AQSHning Jetcraft brokeri savdoga qo‘ydi. 2000-yilda ishlab chiqarilgan samolyot jami 50 710 soat uchgan va 8 768 marta qo‘ngan. U 145 nafargacha yo‘lovchini sig‘dira oladi, shundan 24 ta o‘rin biznes-klassga, 94 tasi esa ekonom-klassga mo‘ljallangan. Bundan tashqari, bortda bir nechta o‘rindiqli lyuks xona hamda konferensiya zali bor.

Layner hashamatli yog‘och panellar bilan bezatilgan, unda Berlin panoramasi o‘yib tushirilgan va oq charm kreslolar o‘rnatilgan. O‘rindiqlarning bir qismini zarurat tug‘ilganda yotoqqa aylantirish mumkin. Samolyot dush bilan ham jihozlangan.

VVIP darajasidagi qayta jihozlash ishlari 2011-yilda amalga oshirilgan. Shu ko‘rinishda samolyot uzoq masofalarga to‘xtovsiz uchish uchun qulay bo‘lgan. Samolyotning sobiq hukumat borti ekanini uning fyuzelyaji bo‘ylab tushirilgan qora-qizil-oltin rangli chiziqdan bilish mumkin. Biroq sotuvga chiqarilishidan oldin uni to‘liq oq rangga bo‘yash rejalashtirilmoqda.

Samolyotning narxi hozircha belgilanmagan, u muzokaralar davomida kelishiladi. Uning avvalgi egasi AQSHning CSDS Asset Management kompaniyasi bo‘lgan. U ushbu Airbus’ni ijaraga ham bergan. Ekipajsiz ijara narxi oyiga 200 ming dollar, texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari esa qo‘shimcha 75 ming dollarni tashkil etgan.

CSDS ilgari ham laynerni sotishga urinib ko‘rgan. 2024-yilda uni 8 million AQSH dollariga sotib olish mumkin edi, biroq samolyotning yangi egasi rejalashtirilgan texnik ko‘rik xarajatlarini o‘z zimmasiga olishi kerak bo‘lgan. Texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan samolyot esa 12 million dollarga taklif qilingan.

Hozirda samolyot AQSHda Jetcraft brokerining turargohida saqlanmoqda. Unga faol ravishda, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar orqali ham xaridor izlanmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.