Mahalliy

Andijonda metan-zapravkada Spark portlab ketdi

Hodisa Andijon shahridagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida sodir boʻlgan. Hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan.

Andijonda metan-zapravkada Spark portlab ketdi

Andijon shahridagi metan-zapravkada Spark avtomobili portlab ketdi.

Maʼlum qilinishicha, voqea 5-sentabr kuni taxminan soat 11:15 da Andijon shahrining Andijon mahallasi hududida joylashgan AGTKShda yuz bergan. Spark mashinasi gaz toʻldirish jarayonida portlab ketgan.

Hodisa oqibatlarini tezkor bartaraf etish uchun barcha kuch va vositalar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Portlash natijasida yongʻin kelib chiqmagan.

Qoʻshimcha qilinishicha, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.