Andijon viloyati Mehnat inspektsiyasiga yangi rahbar tayinlandi

Andijon viloyati mehnat inspektsiyasiga yangi rahbar tayinlandi
Bahromjon Usmonov Davlat mehnat inspektsiyasi boshligʻi — Andijon viloyati bosh davlat mehnat inspektori etib tayinlandi.
Tegishli tayinlov Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrugʻi bilan rasmiylashtirildi.
Yangi lavozimga oʻtishdan oldin Usmonov Andijondagi «Uslb-Huquq» byurosida advokat boʻlib ishlagan.
Uning vazifalariga hududda mehnat qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish kiradi.
Bundan oldin Davlat mehnat inspektsiyasi tekshiruvdan soʻng Qarshi hokimi oʻrinbosarini majburiy mehnatdan foydalangani uchun jarimaga tortgan edi.

