Mahalliy

Andijon shahridagi Boburshoh koʻchasining ikki qismini bogʻlovchi yangi yoʻloʻtkazgich ishga tushirildi

Andijon shahridagi Boburshoh koʻchasining ikki qismini bogʻlovchi yangi yoʻloʻtkazgich foydalanishga topshirildi

Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida Boburshoh koʻchasining ikki qismini tutashtiruvchi yangi yoʻloʻtkazgich bilan tanishdi.

Mazkur inshoot shaharning ikki qismini bevosita bogʻlab, transport qatnovini yengillashtirish va ortiqcha aylanma yoʻlni yoʻqotishga xizmat qiladi. Umumiy qiymati 271 milliard soʻm boʻlgan loyiha davlat rahbarining Andijon viloyatiga avvalgi tashrifi chogʻida bergan topshirigʻi asosida amalga oshirildi.

Yoʻloʻtkazgichning jami uzunligi 796 metr, eni 25,9 metrni tashkil etadi. Uning 596 metri estakada, 200 metri esa tirgak devorli yoʻl qismidan iborat.

Yangi inshoot, avvalo, aholi uchun katta qulaylik yaratdi. Andijon shahri va Oltinkoʻl tumanida yashovchi 140 ming nafar aholi endilikda 5,3 kilometr ortiqcha yoʻl bosmaydi.

Shuningdek, maxsus xizmatlar uchun qatnov masofasi 15 kilometrdan 9,3 kilometrga tushdi. Ortiqcha masofa hamda temir yoʻl kesishmasidagi kutishlar bartaraf etilgani hisobiga manzilga yetib borish vaqti 17 daqiqagacha qisqaradi.

Ayniqsa, bu shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Endilikda bemorlarni shoshilinch tibbiy yordam markaziga avvalgidan 14 daqiqa ertaroq yetkazish imkoniyati yaratildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.