Mahalliy

Andijon bojxonachilari yuk mashinasida deklaratsiyalanmagan 20 ming dollarni topdilar

Andijon bojxonachilari yuk mashinasida deklaratsiyada koʻrsatilmagan 20 ming dollarni aniqlashdi

Andijon viloyatidagi «Xonobod» chegara bojxona postida qoʻshni davlatga qarab harakatlanayotgan avtomobilni koʻzdan kechirish chogʻida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan 20 ming dollar naqd pul aniqlandi. Haydovchi, shuningdek, ogʻzaki soʻrov paytida ushbu mablagʻ mavjudligini koʻrsatmagan.

Bu haqda 24 oktyabr kuni Oʻzbekiston Davlat bojxona xizmati xabar berdi. Deklaratsiyalanmagan valyuta transport vositasini bojxona koʻrikdan oʻtkazish chogʻida topilgan.

Hozirda ushbu fakt yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Hodisaning boshqa tafsilotlari ochiqlanmayapti.

Avvalroq Andijon viloyatidagi boshqa bir chegara bojxona postida Qirgʻizistonga yoʻl olgan yuk mashinasi haydovchisidan u deklaratsiya qilmagan 34 ming dollar topilgan edi. Naqd pullar erkakning qoʻl sumkasi va kiyimi choʻntaklaridan aniqlangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.