Layfstayl

Amitabh Bachchan, Shohruh Xon va teleboshlovchilik uchun katta gonorar oladigan Bollivud yulduzlari (foto)

**Amitabh Bachchan, Shohruh Xon va teleboshlovchilik uchun katta gonorar oladigan Bollivud yulduzlari (foto)**

Hindiston televideniyesi so‘nggi 10 yil ichida sezilarli darajada o‘zgardi. Bunga asosiy sabab sifatida Bollivudda mashhurlikka erishgan ijodkorlarning shoularga boshlovchilik qilayotgani ko‘rsatilmoqda. Aktyorlar bunday takliflarni mamnuniyat bilan qabul qilishmoqda, chunki bu ularga yaxshi daromad olish va mashhurlik darajasini yanada oshirish imkonini beradi. Bugun teleboshlovchilik faoliyati uchun rekord darajada haq oladigan Bollivud aktyorlari haqida so‘z yuritamiz.

**Salmon Xon (14 kror, taxminan 1 400 000 dollar)**

Salmon Xon Hindistonning eng “qimmat” teleboshlovchisi hisoblanadi. Istalgan film yoki shouni xitga aylantirish uchun uning mashhur nomining o‘zi yetarli bo‘ladi. Shu sababli teleshou mualliflari aktyor so‘ragan summani to‘lashga tayyor bo‘lishadi. Ijodkor “Katta boss” shousidagi ishtiroki uchun 11 kror olgan. Bu yil esa mazkur shouning har bir epizodi uchun unga 14 krordan haq to‘lanmoqda. “Katta boss”ning mashhurlikka erishishida Salmon Xon asosiy rol o‘ynagan. Uning shoudagi ishtiroki muxlislar uchun doimo qiziqarli bo‘lib kelgan. Aktyor shoudagi nizolarni mahorat bilan bartaraf etadi, raqiblarga qimmatli maslahatlar beradi va dam olish kunlari ishtirokchilarning nomaqbul xatti-harakatlarini birma-bir sanab chiqadi.

**Amitabh Bachchan (5 kror, taxminan 500 000 dollar)**

Hindistonliklar sevib tomosha qiladigan eng mashhur shoulardan biri — Kaun Banega Krorepati — Sony TV orqali efirga uzatiladi va uning ommalashishiga katta hissa qo‘shgan inson Amitabh Bachchan hisoblanadi. Aktyorning saʼy-harakatlari tufayli shou mamlakatda katta mashhurlikka erishgan. Ijodkor oddiy odamlar bilan muloqot qilib, ularni beixtiyor shouda qatnashishga undaydi. Amitabh Bachchan shouning har bir epizodi uchun 5 krordan haq oladi. Aytishlaricha, mazkur shouning mashhurligini boshqa hech kim janob Bachchan kabi yuqori darajada “ushlab turolmaydi”.

**Shohruh Xon (3 kror, taxminan 300 000 dollar)**

Bollivud qiroli shu kungacha ko‘plab yirik televizion shoularga boshlovchilik qilgan. Ular orasida Paanchvi Pass Se Tej Hai, Kaun, Banega Crorepati, Zor Ka Jhatka kabi mashhur loyihalar bor. Biroq aktyor boshlovchilik faoliyati uchun eng katta gonorarni o‘tgan yili Ted Talks India shousidagi ishtiroki evaziga olgan. Ijodkorga har bir epizod uchun 3 krordan haq to‘langan.

**Amir Xon (3 kror, taxminan 300 000 dollar)**

Amir Xon tomonidan asos solingan Satyamev Jayate tok-shousi televideniyedagi haqiqiy voqealarni ommaga namoyish etish va jamiyatdagi zo‘ravonlikka qarshi kurash mavzusini yoritish bilan shug‘ullanadi. Maʼlumotlarga ko‘ra, Amir Xon shouning har bir epizodi uchun 3 krordan haq olgan va uni xit darajasiga ko‘targan.

**Akshay Kumar (1.5 kror, taxminan 150 000 dollar)**

Muxlislar Akshay Kumarni ekran orqali teleboshlovchi sifatida ko‘rmaganlariga ancha bo‘ldi. U ijodiy faoliyati davomida Master Chief India, Hatron Ke Hiladi shoulariga boshlovchilik qilgan. Ijodkor ushbu shou dasturlarining har bir epizodi uchun 1.5 krordan haq olgani maʼlum. Afsuski, Akshay Hindistonning eng mashhur aktyorlaridan biri bo‘lishiga qaramay, ushbu dasturlar xit darajasigacha ko‘tarilmagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.