Mahalliy

“Amir Temur” metro bekati hududida badbo‘y hid tarqalmoqda

“Amir Temur” metro bekati hududida badbo‘y hid tarqalmoqda

“Toshkent metropoliteni” AJ “Amir Temur xiyoboni” metro bekatida noxush hid kelayotgani haqidagi tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Amir Temur xiyoboni metro bekati hududidan noxush hid kelayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Aniqlanishicha, bu noxush hidga Mustaqillik shoh ko‘chasida joylashgan shahar oqova suv tarmoqlaridagi nosozlik sabab bo‘lgan.

Xususan, oqova suv tarmog‘idagi nosozlik oqibatida sizib chiqqan suv metro tunneli beton konstruksiyasi orqali ichki qismga kirib borishi natijasida bekat hududida noxush hid paydo bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” AJ tomonidan Toshkent shahar hokimligi hamda shahar oqova suv tarmoqlari boshqarmasiga rasmiy murojaat yuborilib, aniqlangan nosozlikni zudlik bilan bartaraf etish va tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan.

Shuningdek, yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida ushbu holat “Toshkent metropoliteni” AJ tomonidan nazoratga olingan.

Ma’lumot uchun, 14-sentyabr kuni davomida metropoliten xizmatlaridan 1 165 550 nafar yo‘lovchi foydalangan. Bundan avvalgi eng yuqori ko‘rsatkich 2026-yil 8-may kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘sha kuni Toshkent metropoliteni xizmatlaridan 1 117 061 nafar yo‘lovchi foydalangandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.