Layfstayl

Amerikalik xonanda Ledi Gaga ilk bor ona bo‘ldi

Amerikalik xonanda Ledi Gaga ilk bor ona bo‘ldi

40 yoshli pop-yulduz Ledi Gaga (asl ismi Stefani Jermanotta) onalik baxtiga muyassar bo‘ldi. Nashrlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bu xonanda va uning sevgilisi, 42 yoshli tadbirkor Maykl Polanskining ilk farzandidir.

Juftlikni yangi tug‘ilgan chaqaloq bilan Shimoliy Kaliforniyada sayr qilayotgan paytda paparatssilar suratga olishga ulgurgan. Hozircha chaqaloqning ismi ham, tug‘ilgan sanasi ham oshkor qilinmagan.

Ledi Gaga va Maykl Polanski 2019-yilda uchrasha boshlagan, 2024-yil aprelida esa unashtirilgan edi.

Gaga ona bo‘lish istagi haqida avval ham bir necha bor gapirgan.

“Men hali ko‘p narsalarni amalga oshirmoqchiman. Buning uchun barcha imkoniyatlar ochiq. Lekin haqiqatan ham ona bo‘lishni istayman. Umid qilamanki, bu mening keyingi bosh rolim bo‘ladi”, degan edi u 2025-yilda “Stiven Kolber bilan kechki shou”da.

“Maykl bilan farzandlarimizga mustaqil shaxs bo‘lib ulg‘ayishiga imkon berish haqida ko‘p suhbatlashganmiz. Bu dunyoga kelayotgan bolalar uchun juda muhim. Bolalarga qanday fikrlash, nimaga ishonish, nima yeyish kerakligini aytishadi... Men esa farzandlarim o‘zlarining kimligini o‘zlari anglab yetishlarini istayman”, deya o‘z fikrlarini o‘rtoqlashgan edi pop yulduzi o‘tgan yili Elle nashriga bergan intervyusida.

Ledi Gaga bo‘lajak farzandining uning shuhratiga qanday munosabatda bo‘lishi haqida ham o‘ylab ko‘rgan.

“Men shunchaki bor kuchim bilan harakat qildim, bu yo‘lda o‘zligimga sodiq qolishga intildim. Farzandim bir kun kelib mendan: “Oyi, nega bunday qilasiz? G‘alati kiyinib olgan kulgili videongizni ko‘rdim”, deb so‘rashi mumkin. Bu aniq sodir bo‘ladi. Bilasizmi, o‘shanda undan: “O‘zing bu haqda nima deb o‘ylaysan?” deb so‘rash, menimcha, mutlaqo tabiiy hol”, degan u.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.