45 yoshli aktrisa Natali Portman uchinchi farzandini dunyoga keltirdi

45 yoshli aktrisa Natali Portman uchinchi farzandini dunyoga keltirdi
45 yoshli aktrisa Natali Portman uchinchi bor ona bo‘ldi. Bu haqda People nashri o‘z manbasiga tayanib xabar bermoqda.
Chaqaloqning ismi ham, jinsi ham oshkor qilinmagan. People nashriga ko‘ra, aktrisa farzandini o‘tgan oy Parijda dunyoga keltirgan. Portmanning sevgilisi — 46 yoshli fransuz musiqachisi Tangi Destabl.
Natali Portman xoreograf Benjamin Milpye bilan nikohidan tug‘ilgan 15 yoshli o‘g‘li Alef va 9 yoshli qizi Amaliyani tarbiyalamoqda. Aktrisa u bilan 11 yillik turmushidan keyin 2024-yilda ajrashgan edi.

