Layfstayl

Amerikalik bloger Rapunzel minorasini yasab, soch o‘rimi yordamida bolalarga shirinliklar ulashdi (video)

Malikaga Flinn Rayder va Gotel xola yordam berdi.

Amerikalik bloger Rapunzel minorasini yasab, soch o‘rimi yordamida bolalarga shirinliklar ulashdi (video)

Amerikalik bloger Mikara Tyuers bolalarga shirinlik tarqatish maqsadida Hellouin bayrami uchun Disney multfilmida ko‘ringan Rapunzelning libosi va minorasini tayyorladi. U uzun soch o‘rimiga savatchani bog‘lab tushirgan holda shirinliklar ulashdi. Qiz tayyorgarlik jarayonini o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida muntazam e’lon qilib bordi.

Malikaga turmush o‘rtog‘i, haykaltarosh Den Chudzinski yordam berdi — u Flin Rayder libosini kiyib oldi. Yana bir ayol Gotel ona rolini ijro etdi, biroq bloger uning ismini oshkor qilmadi.

Bloger minoraning old qismini qurilish penoplastidan tayyorlab, uni uyining kirish qismiga mahkamladi. Malika qiyofasini yaratish uchun qiz sun’iy gullar bilan bezatilgan parikdan foydalandi. Shirinliklarni esa chiroqlar bilan bezatilgan soch o‘rimiga bog‘langan savatchada pastga tushirib turdi.

Ogayo shtatining Findli shahrida yashovchi Mikara Tyuers — murakkab va noodatiy kostyumlar, jumladan, Disney malikalari ko‘ylaklarini yaratishi bilan tanilgan havaskor dizayner.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.