Layfstayl

Disney “Hayvonlar shahri”ning uchinchi qismi ustida ish boshladi

Disney "Hayvonlar shahri" franshizasining uchinchi qismi ustida ish boshlaganini e'lon qildi va uning logotipini ilk bor namoyish etdi. Bu xabar D23 muxlislar tadbirida ma'lum qilindi.

Judi obraziga ovoz bergan Jenniffer Gudvin va Garri rolini ijro etgan Ke Hyui Kuan ham uchinchi qismga qaytishlarini tasdiqladilar. Aktyorlarning so'zlariga ko'ra, yangi multfilmda tomoshabinlar ularning qahramonlarini yana bir bor ko'rish imkoniga ega bo'ladilar.

"Hayvonlar shahri"ning birinchi qismi 2016-yilda chiqarilgan bo'lib, unda politsiyachi quyoncha Judi Hopps va tulki Nik Uayld qahramonlari tanishtirilgan edi. Ular sirli bir ishni tergov qilish uchun birlashishga majbur bo'lishadi. O'sha paytda multfilm 1 milliard dollardan ortiq daromad keltirgan.

Ikkinchi qismda Judi va Nik politsiyada birga ishlayotgan bo'lib, shaharga kirib kelgan reptiliyalar bilan bog'liq ishni o'z zimmalariga olishadi. Tergov jarayonida ular Garri ismli ilon bilan tanishadilar. Multfilmning ikkinchi qismi ham Gollivud tarixidagi eng kassabop animatsion kartinalardan biriga aylangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.