Dunyo

American Airlines yoʻlovchisi skotch bilan oʻrindiqqa bogʻlab qoʻyildi

Texasdan Nyu-Jersiga uchayotgan reys bortida yuzaga kelgan mushtlashuv va irqchilik haqoratlaridan soʻng American Airlines yoʻlovchisi oʻrindiqqa bogʻlab qoʻyildi.

American Airlines yoʻlovchisi skotch bilan kresloga bogʻlab qoʻyildi

American Airlines yoʻlovchisi samolyot bortida janjal chiqarib, boshqa odamlarni haqorat qila boshlaganidan keyin uni skotch va boʻyinbogʻlar (styajka) yordamida kresloga mahkamlab qoʻyishga toʻgʻri keldi.

Bu voqea Texasdan Nyu-Jersiga uchayotgan reys vaqtida sodir boʻlgan, deb xabar beradi TMZ portali.

Erkakning xatti-harakati tufayli ekipaj yoʻnalishni oʻzgartirishga va samolyotni Merilend shtatidagi Baltimor-Vashington xalqaro aeroportiga qoʻndirishga majbur boʻldi. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, yoʻlovchi mast holatda boʻlgan va oʻzini tajovuzkor tutgan.

Avvaliga erkak Iso paygʻambar va doʻzaxga olib boradigan yoʻl haqida baland ovozda gapirgan. Shovqinga qora tanli styuardessa munosabat bildirganidan soʻng, u ayolni irqchilik iborasini qoʻllab haqorat qilgan. Keyin yoʻlovchi LGBT* vakillari shaʼniga haqoratli soʻzlarni baqirib ayta boshlagan.

Vaziyat jismoniy zoʻravonlikka aylanib ketgan. Erkak yonidagi yoʻlovchini urib, uning noutbukini sindirgan. Shundan soʻng, u mojaroga aralashmoqchi boʻlgan ayolni itarib yuborgan.

Tartibbuzarni toʻxtatish uchun ekipaj aʼzolari uch nafar yoʻlovchiga yopishqoq lenta (skotch) va boʻyinbogʻlarni bergan. Ularning yordamida erkak parvoz yakuniga qadar kresloga mahkamlab qoʻyilgan. OAVda eʼlon qilingan fotosuratlarda uning badanida shilingan va koʻkargan joylar borligi koʻrinadi.

TMZ tomonidan taqdim etilgan videoyozuvda ekipaj aʼzolari va yoʻlovchilar erkakni kresloda ushlab turgani aks etgan. Kadrlarga qaraganda, u qarshilik koʻrsatishda davom etgan. Chop etilgan fotosuratlarda uning tanasi, qoʻllari va hatto boshi skotch bilan bogʻlab qoʻyilganini koʻrish mumkin.

Merilendga qoʻnganidan soʻng, samolyotni huquq-tartibot idoralari xodimlari kutib oldi. Ular bortga chiqib, erkakni hibsga olishdi.

TMZ nashrining qayd etishicha, sodir boʻlgan voqeadan keyin yoʻlovchining tashqi koʻrinishi toʻliq skotch bilan oʻralgan va toʻgʻridan-toʻgpi kresloga mahkamlangan odamni eslatgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.