Dunyo

AQSHda erkak samolyotda bomba portlatish bilan tahdid qildi

AQSHda bir kishi samolyotda bomba portlatish bilan tahdid qilgani uchun hibsga olindi. Bu haqda CBS News Jorj Bush nomidagi xalqaro aeroport ma’muriyatiga tayanib xabar berdi.

Voqea Texas shtatining Xyuston shahridagi aeroportda yuz bergan. Frontier Airlines aviakompaniyasining 1958-reysi Detroytga uchish uchun darvozadan jo‘nab ketishga tayyorlanayotgan edi. Shu payt samolyot bortidagi yo‘lovchilardan biri og‘zaki ravishda bomba portlatish bilan tahdid qilgan.

Shundan so‘ng samolyotdagi barcha odamlar zudlik bilan evakuatsiya qilindi. Xyuston politsiya departamenti xodimlari voqea joyiga yetib kelib, samolyotni tekshirishdi, ammo hech qanday shubhali narsa topishmadi. Gumonlanuvchi qo‘lga olindi, biroq uning shaxsi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar oshkor etilmadi.

Aeroport ma’muriyati xabarida aytilishicha, “Aeroport odatdagidek rejimda ishlashda davom etmoqda. Sayohatchilar parvozlar haqida ma’lumot olish uchun Frontier Airlines bilan bog‘lanishi kerak”.

Eslatib o‘tamiz, may oyida SunExpress aviakompaniyasining samolyoti portlovchi qurilma haqidagi yolg‘on xabar tufayli Londonga favqulodda qo‘ngan edi. 2025-yil aprel oyida Florida xalqaro aeroporti Allegiant layneri bortida portlash xavfi tufayli o‘z faoliyatini to‘xtatgan. 2024-yilning kuzida esa Hindistondan uchgan yo‘lovchi samolyoti xuddi shunday anonim qo‘ng‘iroq tufayli Turkiyada majburiy qo‘nishni amalga oshirgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.