Amazon studiyalari boʻyicha reja maʼqullanishi kerak - kengash
Amazon studiyalardan 2022 yildan beri foydalanib keladi va uni 2024 yilda sotib olgan, ammo endi maydonchani taʼmirlamoqchi.

Amazon’ning studiyalar boʻyicha rejasi tasdiqlanishi kerak - kengash
Kompaniya oʻz taklifi boʻyicha jamoatchilik muhokamasini oʻtkazdi va u may oyida yakunlandi.
Kengashning rejalashtirish boʻyicha mutaxassislariga koʻra, Amazon MGM Studios kompaniyasining Bray Film Studios’ni kapital taʼmirlash boʻyicha yirik loyihasi kelasi haftada tasdiqlanishi kutilmoqda.
Tarixiy Water Oakley maydoni bir vaqtlar mashhur Hammer Films dahshatli filmlar studiyasining qarorgohi boʻlgan va bu yerda "Mumiyo" hamda "Frankenshteyn qargʻishi" kabi filmlar suratga olingan.
Amazon studiyalarni 2022 yildan beri boshqarib kelmoqda va oʻzining amaldagi rejalari, jumladan, koʻp qavatli avtoturargoh va oltita yangi pavilon "hududning toʻliq salohiyatini roʻyobga chiqarishga" yordam berishini aytdi.
Vindzor va Meydenhed qirollik okrugining rejalashtirish boʻyicha mutaxassislari 22 oktyabrdagi yigʻilishda ushbu loyihaga ruxsat berilishi kerakligini bildirishdi.
Студиялардан The Rocky Horror Picture Show ва "Chujoy" filmlari uchun ham foydalanilgan, ammo 1990 va 2000 yillarda ishlab chiqarish hajmi kamaya boshlagan va hudud deyarli turar joy kompleksiga aylantirilay degan edi.
2022 yilda ilgari studiyalarga egalik qilgan Berklar oilasi Qirollik okrugidan hududda qayta qurish ishlarini olib borish uchun rozilik oldi.
Ikki yil oʻtgach, Amazon oʻzining eng yirik mahsulotlarini suratga olish uchun uni sotib oldi. U "Uzuklar hukmdori"ning spin-offi "Qudrat uzuklari" va "Tsitadel" serialining ikkinchi mavsumi uchun ishlatilgan.
Qayta qurish rejalari "funktsionallik va jozibadorlikni mujassam etgan jahon darajasidagi studiya" yaratishni vaʼda qilmoqda va Amazon u yerda bir vaqtning oʻzida ikkita film suratga olish imkoniyatiga ega boʻlishni xohlaydi.
Rejalarga, shuningdek, II darajali tarixiy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan Down Place House’ni taʼmirlash va undan asosiy ishlab chiqarish ofisi sifatida foydalanish kiradi.
Suratga olish guruhlari uchun kompleks va Meydenhed, Vindzor va Iton Riversayd hamda Vindzor va Iton Sentral temir yoʻl bekatlari oʻrtasida qatnaydigan shattl-avtobus xizmati ham taklif etilmoqda.
Компания Bray Studios’ни "yangi va gullab-yashnayotgan bandlik markazi"ga aylantirmoqchi ekanini aytdi.

