Sport

Aichi-Nagoya-2026: Vladimir Svechnikov – Osiyo oʻyinlari chempioni

Aichi-Nagoya-2026: Vladimir Svechnikov – Osiyo oʻyinlari chempioni

O‘zbekistonning yana bir sportchisi Osiyo o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘ldi. O‘q otish musobaqalarining pnevmatik to‘pponchadan 10 metr masofadan otish dasturida ishtirok etgan Vladimir Svechnikov barcha raqiblaridan ustun natija ko‘rsatdi.

Bu o‘q otish turlari bo‘yicha Osiyo o‘yinlarida 32 yillik tanaffusdan so‘ng qo‘lga kiritilgan oltin medal bo‘ldi. Yana bir muhim jihati shundaki, Svechnikov 244,3 ochko bilan Osiyo o‘yinlari rekordini ham yangiladi.

Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar qo‘lga kiritgan medallar soni 20 taga yetdi: 4 ta oltin, 9 ta kumush, 7 ta bronza.

Hozircha musobaqa jadvalida O‘zbekiston delegatsiyasi 7-o‘rinni egallab turibdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.