Dunyo

Afg‘onistonda to‘y va bayramlarda mushakbozlik qilish taqiqlandi

Afg‘onistonda to‘ylar va bayram tadbirlarida mushak, petarda va boshqa pirotexnika vositalaridan foydalanish taqiqlandi. Cheklov ularni ishlab chiqarish, olib kirish va sotishni ham qamrab oladi. Fazilatlarni targ‘ib qilish va yomonliklarning oldini olish vazirligi buni aholini stressdan himoyalash bilan izohladi.

Afg‘onistonda to‘y va bayramlarda mushakbozlik qilish taqiqlandi

Afg‘oniston hukumati butun mamlakat bo‘ylab to‘ylar va bayram tadbirlarida mushaklar, petardalar hamda boshqa turdagi pirotexnika vositalaridan foydalanishni to‘liq taqiqladi, deb xabar bermoqda.

Bu boradagi buyruq 27-oktabr kuni Fazilatlarni targ‘ib qilish va yomonliklarning oldini olish vazirligi tomonidan e’lon qilindi.

Taqiq pirotexnika vositalarini ishlab chiqarish, import qilish, sotish, xarid qilish va tarqatishga ham tegishli.

Bu Afg‘oniston hukumatining pirotexnika vositalaridan foydalanishni cheklash bo‘yicha birinchi urinishi emas. Avvalroq mamlakatning ayrim shaharlarida, jumladan, Kobulda soat 21:00 dan 07:00 ga qadar petarda va mushaklarni uchirish taqiqlangandi.

Qoidabuzarlarga nisbatan mamlakat qonunchiligi hamda shariat me’yorlariga muvofiq choralar ko‘rilishi aytildi. Aniq jazo choralari esa ochiqlanmagan.

Vazirlik bu qarorni baland portlash tovushlari qo‘rquv va ruhiy stressni keltirib chiqarishi, bu esa ayniqsa bolalar, ayollar, keksalar hamda shifoxonalardagi bemorlarga og‘ir ta’sir qilishi bilan izohladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.