Afgʻoniston Oʻzbekistondan magʻlubiyatga uchraganidan keyin koʻkpar boʻyicha turnirni tark etdi

Afgʻoniston Oʻzbekistondan magʻlubiyatga uchraganidan keyin koʻkpar turnirini tark etdi
Afgʻoniston terma jamoasi Qirgʻizistonda oʻtayotgan VI Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlarida koʻkpar turniridagi ishtirokini davom ettirmaslikka qaror qildi. Jamoa bunday qarorni Oʻzbekistondan uchralgan 1:4 hisobidagi ilk magʻlubiyatdan keyin qabul qildi, bunda musobaqani tark etish sababi sifatida otlar bilan bogʻliq muammolar koʻrsatildi.
Afgʻoniston Buzkashi federatsiyasi rahbari Gʻulom Sarvar Jalolning maʼlum qilishicha, jamoa Mongoliyaga qarshi navbatdagi oʻyinga chiqishga tayyor edi, biroq tashkilotchilar chavandozlarga mos otlarni yetkazib bera olishmagan. Afgʻonlar oʻyindan bosh tortishdi, ularga 0:3 hisobida texnik magʻlubiyat yozildi, shundan soʻng terma jamoa turnirdagi ishtirokini yakunladi.
VI Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlari Qirgʻizistonda 31 avgustdan 6 sentyabrgacha boʻlib oʻtmoqda. Dasturga oʻnlab anʼanaviy sport turlari kiritilgan boʻlib, koʻkpar boʻyicha musobaqalar Choʻlpon-Otada oʻtkazilmoqda.

