Shavkat Mirziyoyev Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi (foto)
“Bishkek-Arena” stadionida bo‘lib o‘tgan tadbirda ShHT davlatlari rahbarlari va boshqa mehmonlar ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida qatnashdi (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahriga tashrifi davomida VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
"Bishkek-Arena" stadionida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda ShHT davlat rahbarlari va boshqa faxriy mehmonlar ham qatnashdilar.
Musobaqalarda 90 dan ortiq mamlakatdan 3 mingdan ziyod sportchi, jumladan, O‘zbekistondan 141 nafar vakil ishtirok etmoqda. Hamyurtlarimiz 30 ta sport turi, xususan, kurash, sambo, armrestling, kamondan o‘q otish va ot sporti bo‘yicha bellashadilar.
Ishtirokchilarga ko‘chmanchi xalqlarning boy madaniyati va tarixi, an’analari hamda urf-odatlariga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

