Mahalliy

Abdumajid Shermuhammadov Andijon viloyati IIB boshligʻi etib tayinlandi

Abdumajid Shermuhammadov Andijon viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

Abdumajid Shermuhammadov Mavlonovich Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar u Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan. Mutasaddi ushbu lavozimga 2025-yil mart oyida tayinlangan.

Polkovnik Shermuhammadov Xorazm IIB rahbari lavozimiga o‘tishidan oldin Yunusobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i sifatida ham faoliyat yuritgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.