Mahalliy

9 oy ichida Oʻzbekistonga 10 milliondan ortiq turist tashrif buyurdi

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Oʻzbekistonga 10,3 mln chet ellik turist tashrif buyurdi. Bu 2025 yilning shu davriga nisbatan 20,4 foizga koʻpdir, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi.

9 oyda Oʻzbekistonga 10 milliondan ortiq turist tashrif buyurdi

Xabarga koʻra, birgina sentyabr oyida mamlakatga 1,2 million turist kelgan.

Sentyabr oyida turistik safarlar sonining eng yuqori oʻsishi Xitoy fuqarolari orasida — 2,1 baravarga, Malayziya — 1,9 baravarga, Misr va Ruminiya — 1,8 baravarga, Indoneziya — 1,7 baravarga, Yaponiya — 1,5 baravarga, AQSh — 1,4 baravarga va Rossiya — 1,3 baravarga qayd etildi.

Germaniya va Buyuk Britaniyadan kelgan turistlar soni 25 foizga, Frantsiyadan — 21 foizga, Turkiyadan esa — 15 foizga oshdi.

«Ushbu davrda turistik xizmatlar eksporti 5,3 milliard AQSh dollariga yetdi va bu 2025 yilning shu davriga nisbatan 51,2 foizga koʻpdir», — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026 yilning yanvar–avgust oylarida 13,6 mingga yaqin Oʻzbekiston fuqarosi Gruziyaga turistik maqsadlarda safar qilgan.

Ulardan 12 548 nafari Gruziyaga turizm maqsadida, 831 nafari qarindoshlarini yoʻqlash, 134 nafari xizmat safari, 94 nafari davolanish va toʻqqiz nafari oʻqish uchun borgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.