Dunyo

80 yoşli Lula törtinçi bor Braziliya prezidenti böladi

Braziliyada prezidentlik saylovining ikkinçi turida amaldagi davlat rahbari Luis Inasiu Lula da Silva 51,8 foiz ovoz bilan ğalaba qozondi. Uning raqibi, sobiq prezident Jair Bolsonaruning öğli Flaviu Bolsonaru esa mağlubiyatini tan olmay, ovoz beriş natijalarini bekor qilişni talab qilmoqda.

80 yoshli Lula Braziliya prezidenti lavozimini to‘rtinchi bor egallaydi

DW rasmiy natijalarga tayangan holda xabar berishicha, 25-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berishda 80 yoshli, so‘l markazchi Lula da Silva 51,8 foiz, o‘ng populist senator Flaviu Bolsonaru esa 48,2 foiz ovoz olgan.

Nashrning qayd etishicha, bu Braziliya tarixida birinchi turda ikkinchi o‘rinni olgan nomzod yakuniy ovoz berishda g‘alaba qozongan ilk holat bo‘ldi.

Natijalar e’lon qilingach, Lula tarafdorlari g‘alabani nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi. AFP agentligiga ko‘ra, Rio-de-Janeyroda mushakbozlik va vuvuzela sadolari yangragan. San-Pauluda esa minglab odamlar Lula yetakchilik qilayotgan Mehnatkorlar partiyasi ramzi bo‘lgan qizil rangli kiyimlarda to‘plangan.

Flaviu Bolsonaru natijalarni tan olmadi. Associated Press xabariga ko‘ra, u ovoz berish vaqti uzaytirilganini asos qilib, saylov yakunlarini bekor qilishga chaqirgan.

Ayni paytda saylov uchastkalari ish vaqtini uzaytirishni avvalroq Lula ham, Bolsonaruning o‘zi ham so‘ragan. Bunga ayrim hududlarda jamoat transportidagi muammolar va noqulay ob-havo sabab bo‘lgan.

Oliy sud sudyasi Kristianu Zanin uchastkalar reja bo‘yicha yopilishiga uch daqiqa qolganida ovoz berishni yana ikki soatga uzaytirish haqida qaror chiqargan.

Lula da Silva prezidentlik lavozimini to‘rtinchi marta egallaydi. Bu muddatlar ketma-ket emas.

Uning qayta saylanish uchun kurashi aholining turmush qimmatlashuvi va jinoyatchilik o‘sishidan xavotiri sharoitida kechgan. Saylov kampaniyasiga korrupsiya mojarolari, iqtisodiy beqarorlik hamda AQSh aralashuvi haqidagi ayblovlar hamroh bo‘lgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.