Texnologiya

8 700 kilometrgacha ucha oladigan Airbus yangi dvigatellarga ega boʻldi

United Airlines yangi GTF Advantage dvigatellari oʻrnatilgan ilk Airbus A321XLR samolyotini qabul qildi. Ishlab chiqaruvchi Pratt & Whitney maʼlumotiga koʻra, yangi dvigatel amaldagi GTF versiyasiga nisbatan parvozga koʻtarilishda 4–8 foiz koʻproq tortish kuchini taʼminlaydi, taʼmirgacha ishlash muddati esa ikki baravargacha oshishi mumkin.

8 700 kilometrgacha uchishga qodir Airbus yangi dvigatellarga ega bo‘ldi

Naked Science xabariga ko‘ra, RTX tarkibiga kiruvchi Pratt & Whitney kompaniyasi GTF Advantage turboventilyatorli dvigateli foydalanishga topshirilganini ma’lum qilgan. Yangi versiyaning joriy etilishi Airbus A320neo oilasiga mansub samolyotlar samaradorligini oshirishi kutilmoqda.

Airbus A321XLR — 8 700 kilometrgacha masofani bosib o‘ta oladigan tor fyuzelyajli uzoq masofali layner. U avval bunday turdagi samolyotlar bilan xizmat ko‘rsatish qiyin bo‘lgan yo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan.

RTX ma’lumotiga ko‘ra, GTF Advantage A321XLR’ning ishonchliligini oshirish, tortish kuchini kuchaytirish va yanada uzoq masofali reyslarni bajarish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiladi. Biroq yangi dvigatel bilan parvoz masofasi qanchaga ortishi haqida aniq raqam keltirilmagan.

Ta’mirgacha ishlash muddati uzaytirilgan

Yangi dvigatelning asosiy xususiyatlaridan biri — chidamliligining oshirilganidir. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, uning texnik xizmat ko‘rsatishgacha ishlash muddati amaldagi versiyaga nisbatan ikki baravargacha ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, GTF Advantage’ning yuqori haroratda ishlaydigan qismlari takomillashtirilgan. Kompaniya uni tor fyuzelyajli samolyotlar dvigatellari orasidagi eng ilg‘or «issiq qism» deb ta’riflamoqda.

Konstruksiyadagi o‘zgarishlarga qaramay, GTF Advantage mavjud GTF versiyasi bilan moslikni saqlab qolgan. Bu har ikki turdagi dvigatel o‘rnatilgan samolyotlardan foydalanadigan aviakompaniyalar uchun ekspluatatsiyani yengillashtirishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.